iPhone 12’lar qayerda eng arzonu qayerda eng qimmat?

  •   DiMaX
  •  2757
  •  16.10.2020 10:39

iPhone 12’lar qayerda eng arzonu qayerda eng qimmat?

Apple korporatsiyasi 14 oktyabrga o‘tar tunda iPhone 12 mini, iPhone 12, iPhone 12 Pro hamda iPhone 12 Pro Max smartfonlarini namoyish qildi. Biz ularning asosiy xususiyatlari va o‘zaro farqlarini e’lon qilganmiz. Shuningdek...

O‘QING: Ikkita rusumdagi iPhone arzonlashib, yana ikkitasi savdodan olib tashlandi

Statista tadqiqot kompaniyasi turli mamlakatlarda iPhone 12 hamda iPhone 12 Pro modellarining qanday narxlarda sotilishini o‘rganib chiqdi. Tekshiruv natijalari asosida u smartfonlarning narxlaridagi farqlarni yaqqol ko‘rsatuvchi quyidagi grafikni taqdim etdi:

Aytish kerakki, ayfonlarning tegishli yurtlardagi narxlari o‘sha mamlakat valyutasining 14 oktyabr holatidagi kursiga ko‘ra AQSh dollariga o‘girilgan.

O‘QING: AnTuTu’da tekshirib ko‘rilgan iPhone 12 hamda iPhone 12 Pro hafsalani pir qildi

Statista kompaniyasi tadqiqot uchun har ikkita modelning 128 gigabaytlik doimiy xotirali varianti narxlarini asos qilib olgan.

Yuqorida ko‘rib turganingizdek, Hindiston bu reytingda birinchi o‘rinda turibdi, ya’ni shu mamlakatda iPhone 12 hamda iPhone 12 Pro eng qimmat – tegishlicha 1158 va 1636 dollardan sotiladi.

AQShning Kaliforniya shtatida bu ayfonlar uchun eng arzon narxlar belgilangan. Soliqlar va boshqa tur yig‘imlarni hisobga olganda ham, iPhone 12 uchun u yerda 943 dollar so‘rashadi; uning Pro-versiyasi esa 1071 dollar turadi.

Eslatib o‘tamiz, iPhone 12’lar namoyishidan keyinoq ikkita rusumdagi iPhone arzonlashib, yana ikkitasi savdodan olib tashlangan.

O‘QING: iPhone 12 tufayli Xiaomi va Samsung kompaniyalari Apple’ni masxara qildi (+video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!