iPhone 12’lar uchun MagSafe Charger – magnitli quvvatlagich va MagSafe Duo Charger dok-stansiyasi taqdim etildi

  •   DiMaX
  •  1026
  •  14.10.2020 12:46

iPhone 12’lar uchun MagSafe Charger – magnitli quvvatlagich va MagSafe Duo Charger dok-stansiyasi taqdim etildi

Apple kompaniyasi o‘z noutbuklari uchun chiqargan MagSafe magnitli quvvatlagichlari 2016 yili g‘oyib bo‘lgan edi. Korporatsiya endi uni iPhone 12 turkumidagi smartfonlari uchun magnitli konnektor sifatida qayta taqdim qildi.

O‘QING: 2019 yili «rahmatli» bo‘lgan sakkizta texnologiya (+video)

MagSafe Charger magnitli quvvatlagichi faqatgina o‘n ikkinchi avlod ayfonlar bilan ishlaydi.

Shuningdek, mazkur standartni turli aksessuarlar, masalan – g‘ilof yoki maxsus hamyoncha uchun ham qo‘llash mumkin.

Oddiy zaryadlash uskunasi – MagSafe Charger modelidan tashqari, Apple yana 15 vattlik quvvat uzatuvchi MagSafe Duo Charger dok-stansiyasini ham taqdim qildi. Uning yordamida bir vaqtning o‘zida iPhone hamda Apple Watch’ni zaryadlasa bo‘ladi.

MagSafe Charger uskunasini allaqachon Apple sayti orqali 39 dollar evaziga olish mumkin. MagSafe’li g‘iloflar 49 dollardan, MagSafe’li hamyoncha esa 59 dollardan sotilmoqda.

MagSafe Duo Charger dok-stansiyasi esa yilning oxiriga borib savdoga chiqadi.

O‘QING: Apple iPhone 12, 12 mini, 12 Pro va 12 Pro Max: modellar o‘rtasidagi farq nimada?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!