iPhone 12’larda bosh kamera moduli – Redmi K30’da qo‘llangan datchik!

  •   DiMaX
  •  1885
  •  14.03.2020 15:51

iPhone 12’larda bosh kamera moduli – Redmi K30’da qo‘llangan datchik!

Apple bu yil kuzda chiqadigan iPhone 12 turkumidagi smartfonlarini 3D-kamera bilan jihozlashi haqida yozgandik. Endi esa ushbu ayfonlar bosh kamerasining asosiy moduli haqida ma’lumot tarqaldi.

O‘QING: iPhone 12 Pro’lar rekord hajmli «operativka»ga ega, lekin Samsung va Xiaomi flagmanlari...

Taniqli insayder Maks Vaynbaxning xabar berishicha, kupertinoliklar ushbu turkum smartfonlarining bosh kameralarida asosiy sensor sifatida Sony IMX686 datchigini ishlatadi. Ayni shu 64 megapiksellik modul Redmi K30 hamda Oppo Reno 3 modellarida qo‘llangan.

Insayderga ko‘ra, iPhone 12, iPhone 12 Pro hamda iPhone 12 Pro Max modellarida kameraning makros’yomka imkoniyatlari kengaytiriladi. Shuningdek, asosiy sensordan tashqari, keng burchakli kamera hamda telefotokamerani qo‘llagan holda tungi s’yomka rejimida ham ajoyib suratlar olish imkoni bo‘ladi/

Aytish kerakki, aksariyat smartfonsozlar o‘z kamerofonlarida yuqori rezolyusiyali – 128 megapikselgacha aniqlikdagi kamera modullarini qo‘llashmoqda. Kupertinolik texnogigant esa shu paytgacha ayfonlarda 12 megapiksellikdan yuqori aniqlikdagi sensor ishlatmagan. Buning o‘rniga u kameralarning piksellar soni, yorug‘lik sezuvchanligi va boshqa parametrlarini oshirib kelayotir.

O‘QING: DxOMark taxtiga – Xiaomi Mi 10 Pro yoniga atigi 48 MPlik kamera bilan kim chiqib oldi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!