iPhone 12’larni bu yil kutmay qo‘yavering!

  •   DiMaX
  •  1174
  •  27.03.2020 17:26

iPhone 12’larni bu yil kutmay qo‘yavering!

Kupertinolik korporatsiya bu yil kuzda iPhone 12 turkumidagi smartfonlarini namoyish qilishi kerak. Lekin, PocketNow nashrining yozishicha, hozirda Apple ichida mazkur ayfonlarning kechiktirilishi borasida bahslar ketayotir.

O‘QING: iPhone 12 Pro’lar rekord hajmli «operativka»ga ega, lekin Samsung va Xiaomi flagmanlari...

Manbaning ta’kidlashicha, iPhone 12, iPhone 12 Pro hamda iPhone 12 Pro Max modellari salgina emas, balki «bir necha oyga» kechikishi mumkin. Tabiiyki, bu holat koronavirus pandemiyasi tufayli deyarli barcha mamlakatlarda karantin choralari ko‘rilayotgani bilan bog‘liq.

Lekin masalaning boshqa, ishlab chiqarishga bog‘liq bo‘lmagan jihati ham bor: hozirgi vaziyatda kishilar yangi smartfon olishga unchalik ham ishtiyoqmand bo‘lmay qolishyapti. Natijada esa 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi birinchi iPhone’ga talabni pasaytirib yuboradi. Turgan gapki, Apple uning xit bo‘lishini istayapti, lekin nachora...

O‘QING: iPhone 12’larning protsessori allaqachon Snapdragon 865’ni «yer tishlatdi»!

iPhone 12 modelining ishlab chiqilishi masalasida mamlakatlar aro yetkazib berishlar cheklangani to‘siq bo‘ldi, yana ishlab chiqarish hajmi muammosi ham bor. Avvalgi ayfonlarning ommaviy ishlab chiqarilishi iyun oylarida boshlangan bo‘lsa, bu yil kamida avgustda boshlanishi mumkin. Sotuvga esa bu flagmanlar hali keyingi yil boshida chiqishi ehtimoli ham yo‘q emas. Shunday ekan, kompaniya o‘zi uchun muhim bo‘lgan ikkita – AQSh va Yevropa bozorlaridagi vaziyatni kuzatib borishi lozim.

Nima bo‘lganda ham, kompaniyada iPhone 12 modellarining ishlab chiqarishga joriy etilishi bo‘yicha may oyidan kechiktirmasdan qaror qabul qilinadi. Lekin ayni damda pessimistik prognozlar optimistik umidlardan ko‘ra yuqoriroq...

O‘QING: iPhone 12’ning lazerli 3D-kamerasi qanday bo‘ladi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!