iPhone 12’larning nurlanish darajasi e’lon qilindi – kutilmagan bittasi eng xavflisi ekan!

  •   DiMaX
  •  1920
  •  30.10.2020 17:00

iPhone 12’larning nurlanish darajasi e’lon qilindi – kutilmagan bittasi eng xavflisi ekan!

O‘n ikkinchi avlod ayfonlar – Apple korporatsiyasining ilk 5G-smartfonlaridir. Beshinchi avlod uyali aloqa standartini qo‘llovchi modem esa, internet tezligidan tashqari, qurilmadan chiquvchi nurlanishning ham oshuviga olib kelgan.

O‘QING: 5G tarmog‘i sog‘lik uchun shunchalik xavflimi?

Ishlab chiqaruvchining rasmiy saytida e’lon qilingan hisobotga ko‘ra, iPhone 12 turkumidagi smartfonlarda elektromagnit nurlanish darajasi oldingi ayfonlarga nisbatan yuqori ekan. Ushbu omil smartfonlarning solishtirma yutilish koeffitsiyenti (Specific Absorption Rate, SAR) ko‘rsatkichlarida aks ettiriladi. Mazkur tushunchalar haqida esa mana bu maqolamizda kengroq ma’lumot berilgan.

O‘n ikkinchi avlod ayfonlar orasida esa eng ixcham – iPhone 12 mini modeli bu borada eng kuchli radiatsiya taratar ekan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha u nafaqat kompaniyaning bulturgi smartfonlaridan, balki boshqa yangi ayfonlardan ham «yuqorida»!

Ko‘rib turganingizdek, eng ixcham ayfonning SAR ko‘rsatkichi eng ko‘p – 0,910 Vt/kg.ga teng. Bu birlik bazaviy iPhone 12 smartfonida 0,483 Vt/kg, iPhone 12 Pro modelida – 0,483 Vt/kg, eng yirik iPhone 12 Pro Max flagmanida esa – 0,436 Vt/kg.ni tashkil etgan. Avvalroq chiqqan iPhone SE 2020 modelida bo‘lsa SAR birligi 0,600 Vt/kg.ga teng.

O‘QING: Smartfon radiatsiyasi sichqonda saratonni keltirib chiqardi, odamda-chi?

Qiyoslash uchun Apple iPhone 11 turkumidagi smartfonlarning radiatsiya darajasiga ham nazar solamiz. Buni qarangki, eng kichkintoy o‘n ikkinchi ayfon bulturgi eng yirik flagman – iPhone 11 Pro Max modelidan naq uch yarim baravarga ko‘p nurlanish taratar ekan!

Shuni ham e’tiborga olish kerakki, bu ayfonlarning SAR ko‘rsatkichlari chegaradan oshib ketmagan va bu borada barcha mamlakatlarning standartlariga javob beradi. Yevropa mamlakatlari hamda Xitoy talablariga ko‘ra, telefonlarning SAR ko‘rsatkichi 2 Vt/kg.dan oshmasligi lozim. AQShning Aloqa federal komissiyasi (FCC) bo‘lsa, SAR ko‘rsatkichi 1,6 Vt/kg.dan oshmaydigan qurilmalargagina sertifikat beradi.

O‘QING: Ekspert aniqlik kiritdi: «mikrovolnovka» va smartfon – saratonga sababmi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!