iPhone 12’ning lazerli 3D-kamerasi qanday bo‘ladi?

  •   DiMaX
  •  1695
  •  13.03.2020 10:45

iPhone 12’ning lazerli 3D-kamerasi qanday bo‘ladi?

Apple bu yilgi smartfonlarida uch modulli kameraga ToF-kamera ham qo‘shilishi haqida gap-so‘zlar yuribdi. Biz avvalroq iPhone 12 Pro hamda iPhone 12 Pro Max modellarining ayrim xususiyatlari va videosini e’lon qilgan edik.

O‘QING: iPhone 12 Pro’lar rekord hajmli «operativka»ga ega, lekin Samsung va Xiaomi flagmanlari...

Fast Company nashrining ishonchli manbalarga tayanib xabar berishicha, iPhone 12 turkumidagi smartfonlar 3D-kamera bilan jihozlanadi. Apple’ga bunday kamerada qo‘llanuvchi vertikal nurlantiruvchi lazer (VCSEL) datchiklarini Lumentum kompaniyasi yetkazib beradi.

VCSEL datchigi sharofati bilan iPhone 12 kadrdagi ob’yektgacha bo‘lgan masofani aniq o‘lchay oladigan bo‘ladi. Buning evaziga smartfonning to‘ldirilgan reallik texnologiyalari bilan ishlash imkoniyatlari yanada kengayadi.

Yangicha modullar rasmga va videoga tushirish sifatini ham takomillashtiradi. Kamera kerakli ob’yektni orqa fondan aniq ajrata olishi tufayli portret rejimi yanada yaxshilanadi.

iPhone 12’larda bunday kameraning paydo bo‘lishi haqida avvalroq Bloomberg nashridan Mark Gurman, shuningdek, taniqli tahlilchi Min-Chi Kuo ham xabar bergandi. Bundan tashqari, dasturchilar sizib chiqqan iOS 14 kodida ham to‘ldirilgan borliq texnologiyasiga asoslangan yangi standart ilovasi borligini aniqlashgan.

O‘QING: Apple xodimi hali chiqmagan iOS 14 tizimli iPhone’ni ikki bitkoinga sotdi! (+«jonli» video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!