iPhone 12’ning «nozik joyi»ga Samsung zarba berishi mumkin

  •   DiMaX
  •  1525
  •  06.11.2020 13:09

iPhone 12’ning «nozik joyi»ga Samsung zarba berishi mumkin

Apple kompaniyasi yangi iPhone qurilmalari jamlanmasidan naushnik va quvvatlantirgichlarni olib qo‘yganidan xabaringiz bor. Samsung kompaniyasi o‘zining Galaxy smartfonlari oldingidek quvvatlagich bilan birga yetkazib berilayotganiga ishora qilgan edi. Lekin keyinroq chiqqan xabarlarga ko‘ra...

O‘QING: Apple’ni masxara qilgach, Samsung o‘zi ham smartfonlar qadog‘idan muhim aksessuarlarni olib qolyapti!

Yangi ma’lumotlarga qaraganda, Samsung Galaxy S21 flagmani qutisidan simsiz naushniklar o‘rin olishi mumkin, deb yozadi Daryo.

Aniqrog‘i, Samsung ham Apple ortidan yangi qurilmalari jamlanmasidan oddiy simli AKG naushniklarini olib qo‘yadi, biroq uning o‘rnini to‘liq simsiz Galaxy Buds Beyond egallaydi.

Ta’kidlanishicha, Galaxy S20 lineykasining muvaffaqiyatsizligini yangi modelning savdolari bilan qoplash kerak. Texnik jihatdan yangi qurilma o‘zidan oldingi modeldan farq qilmaydi. Shu bilan birga, Samsung bundan sovg‘a orqali Apple’ga qarshi katta o‘yin boshlab, 2022 yilda jamlanmadagi naushniklardan muammosiz voz kechishi mumkin.

Ammo hozircha ushbu ma’lumotlarning barchasi mish-mish ekanligini ham eslatib o‘tamiz.

O‘QING: Bu smartfonsoz Samsung, Xiaomi, Vivo, Apple va Huawei’dan ham o‘zib, mutlaq rekord o‘rnatdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!