iPhone 13 chiqmay turib, iPhone 14 turkumiga oid ma’lumotlar paydo bo‘ldi: Max modeli 900 dollardan arzon!

  •   DiMaX
  •  3496
  •  28.06.2021 08:22

iPhone 13 chiqmay turib, iPhone 14 turkumiga oid ma’lumotlar paydo bo‘ldi: Max modeli 900 dollardan arzon!

Kuni kechagina iPhone 13 turkumi smartfonlarining taqdimot va sotuvga chiqish kunlari ma’lum bo‘lgan edi. TF International’ning taniqli tahlilchisi Ming-Chi Kuo esa 2022 yilda taqdim etiladigan iPhone lineykasiga oid ayrim qiziqarli prognozlarni e’lon qildi, deb xabar beradi Daryo nashri.

O‘QING: To‘rtta rusumdagi iPhone 13’ni videoda har tomonlama ko‘rsatishdi

Mashhur tahlilchining bayonotiga ko‘ra, 2022 yilda iPhone lineykasi iPhone 14, iPhone 14 Max, iPhone 14 Pro va iPhone 14 Pro Max nomi ostidagi to‘rtta modeldan tarkib topadi. Oldingi lineykalardan o‘rin olgan mini-versiya boshqa ishlab chiqarilmaydi.

Shuningdek, ta’kidlanishicha, modellarning ekranlari o‘lchami faqat 6,1 dan 6,7 dyuymgacha bo‘ladi. Bundan tashqari, iPhone 14 Max modeli 900 dollardan arzonroq narxda sotuvga chiqishi to‘g‘risida ma’lumotlar bor. Ushbu modeli, taxminlarga ko‘ra, eng ommabop iPhone’ga aylanishi kerak.

iPhone 14 savdolarining oshishiga qurilmalarning sezilarli darajada yaxshilanishi, jumladan, displey ostidan Touch ID daktiloskopik datchigi va Pro modellarda 48 megapikselli kameralar o‘rin olishi kutilmoqda.

O‘QING: iPhone 13 turkumidagi barcha smartfonlarning xotira variantlari va narxlari bilan tanishing

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.