iPhone 13 dizaynidagi 83 dollarlik smartfon qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi

iPhone 13 dizaynidagi 83 dollarlik smartfon qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi

Yangi Gionee G13 Pro smartfoni shu kunlarda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Ushbu 86 dollarlik qurilma tashqi ko‘rinishidan iPhone 13 modeliga juda o‘xshaydi. 

Qurilmaning 32GB xotiraga ega bo‘lgan turi 86 dollar narxda sotilmoqda. Shuningdek, uning 128GB xotira bilan jihozlangan turi mavjud. Mahsulot tafsilotlari sahifasida esa “yangi HMS ekotizim“ va “HarmonyOS“ so‘zlarini ko‘rish mumkin. 

Agar shunday bo‘lsa, Gionee G13 Pro HarmonyOS operatsion tizimda ishlovchi birinchi Huawei bo‘lmagan smartfon bo‘ladi. 

Tavsifda aytilishicha, ushbu smartfon Unisoc Tiger T310 bir chipli tizim va old panel maydonining 90.3 foizini egallagan 6.26 dyuymli displey bilan jihozlangan. 

Qurilma 13MP hamda 5MP kameralar, shuningdek, 3,500 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega. 

HarmonyOS 2.0 operatsion tizimi hozirda 220 milliondan ortiq foydalanuvchiga ega. Bunga smartfon, televizor va aqlli soat foydalanuvchilari kiradi. 

O‘QING: Redmi Note 11 hamda Note 11S smartfonlari taqdim etildi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.