iPhone 13 maketlari va g‘iloflari paydo bo‘ldi. G‘iloflar iPhone 12'larga tushmaydi!

iPhone 13 maketlari va g‘iloflari paydo bo‘ldi. G‘iloflar iPhone 12'larga tushmaydi!

iPhone 13 maketlari bu maketlardan foydalanuvchi kompaniyalarga, ya’ni g‘ilof ishlab chiqaruvchilarga jo‘natildi. Va tabiiyki, mazkur maketlar rasmi sizdirildi.

O‘QING: Android-flagmanlardagi ilg‘or opsiya, nihoyat, iPhone 13 turkumiga ham qo‘shiladi

Quyida taniqli YouTube'chi Markes Braunli — MKBHD ulashgan rasm bilan tanishishingiz mumkin.

To‘rtala model oq rangda. Standart iPhone 13, ilgari aytilganidek, 13 Pro'dan katta emas. Qolgan ikki model o‘lchami, ekran hajmi o‘zgargan bo‘lishiga qaramay, o‘shanday qolgan.

Hozirgi taxminlarga ko‘ra, faqat ikkita Pro model 120Hz yangilanish chastotasiga ega LTPO ekran bilan jihozlanadi. Qolgan ikki model esa bu gal ham 60Hz ekranga ega bo‘ladi. iPhone 14'larga kelibgina Apple hamma iPhone'larni LTPO displey bilan jihozlaydi.

Quyidagi suratlarda hozirdanoq ishlab chiqarila boshlangan g‘iloflarni ko‘rish mumkin. G‘iloflar iPhone 12'larga o‘lcham borasida mos kelsa-da, kamera va tugmalar o‘rnida moslik yo‘q.

...
iPhone 12'larga kiyg‘izilgan iPhone 13 g‘iloflari — kamera va tugmalar o‘rnida moslik yo‘q

Quyidagi rasmni esa xitoylik aksessuar ishlab chiqaruvchi kompaniya Benks tarqatgan. Ko‘rib turganingiz iPhone 13'lar g‘ilofiga qolip bo‘lishi kerak.

...

iPhone 13 smartfonlarini pudratchilar Foxconn va Pegatron ishlab chiqaradi. Qurilmalarni katta masshtabda ishlab chiqarish hali boshlanganicha yo‘q, chunki agar kechikishlar sabab taqdimot oktyabrgacha cho‘zilmasa, Apple yangi iPhone'larni sentyabrda taqdim qilishi kutilmoqda.

O‘QING: iPhone 13 chiqmay turib, iPhone 14 turkumiga oid ma’lumotlar paydo bo‘ldi: Max modeli 900 dollardan arzon!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.