iPhone 13 mini ilk «jonli» suratda: uni iPhone 12 mini bilan taqqoslab ham ko‘rsatishdi!

  •   DiMaX
  •  1450
  •  22.04.2021 13:24

iPhone 13 mini ilk «jonli» suratda: uni iPhone 12 mini bilan taqqoslab ham ko‘rsatishdi!

Apple korporatsiyasining o‘n ikkinchi avlod smartfonlari turkumiga to‘rtta model kirganidan xabaringiz bor. Bular – standart iPhone 12, undan ilg‘orroq iPhone 12 Pro, eng katta iPhone 12 Pro Max hamda eng ixcham iPhone 12 mini modellaridir. Keyingi avlod ayfonlarda ham shunday bo‘lishi kutilmoqda, lekin...

O‘QING: Apple umuman iPhone 13 nomli smartfon chiqarmasligi mumkin!

Bu yil sentyabrda chiqadigan ayfonlar turkumi iPhone 13 yoki iPhone 12S deb nomlanishidan qat’i nazar, ular orasida ixcham smartfon – mini-versiya ham bo‘ladi. Internetda uning birinchi «jonli» rasmi tarqaldi:

Ko‘rib turibsizki, iPhone 13 mini bosh kamerasi ham kvadrat blokka olingan, uning burchaklari ancha dumaloqlangan.

O‘QING: iPhone 13 turkumidagi to‘rtta smartfon: ayrim xususiyat va suratlari

Shu bilan birga, iPhone 13 mini modelini uning «ajdod»i – iPhone 12 mini bilan taqqoslab ko‘rsatilgan chizma surat ham paydo bo‘lgan:

Bu ikki smartfonning dizaynidagi farq birinchi navbatda bosh kameraga tegishli – iPhone 13 mini modelida modullar vertikaliga emas, balki diagonaliga joylashgan. Unda kamera blogining o‘zi ham kattaroq bo‘lib, korpus yuzasidan ko‘proq bo‘rtib chiqqan; bu esa yangi mini-ayfonda optik sensorlar va ob’yektivlar yanada takomillashtirilganidan darak berishi mumkin.

O‘QING: Bu yil chiqadigan iPhone SE Plus: dizayni, xususiyatlari va narxi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!