iPhone 13 Pro Geekbench'da o‘z kuchini ko‘rsatdi

iPhone 13 Pro Geekbench'da o‘z kuchini ko‘rsatdi

Apple ikki kun oldin to‘rtta yangi — iPhone 13, 13 mini, 13 Pro va 13 Pro Max smartfonlarini taqdim etganidan xabaringiz bor. Qurilmalarning barchasi A15 chipida ishlaydi, lekin smartfonlarning grafik protsessori (GPU) o‘rtasida farq bor.

O‘QING: Apple Watch 7 taqdim etildi: katta displey hamda qirilishlarga bardoshli korpus

iPhone 13 va 13 mini to‘rt yadroli GPU bilan jihozlangan bo‘lsa, iPhone 13 Pro va Pro Max hamda iPad mini besh yadroli GPU'ga ega.

iPhone 13 Pro'ning mazkur besh yadroli grafik protsessori smartfon prototipiga ega noma’lum shaxs tomonidan Metal API'dan foydalangan holda to‘liq Geekbench sinovidan o‘tkazildi. Qurilma sinovda 14216 ballik natija qayd etdi, bu esa iPhone 12 Pro'ning 9123 ballidan 55% yuqori ko‘rsatkichdir. Natijalar yangi iPhone 13 Pro va 13 Pro Max'larning GPU'si o‘tgan avlod iPhone'larning mos modellaridagidan ancha unumdorlikka erishganini ko‘rsatadi.

Apple besh yadroli GPU'ga ega A15 chipini «dunyodagi eng tezkor smartfon chipi» deb atab, SoC'ning «istalgan boshqa smartfon chipidan 50% tezkorroq grafikaga ega» bo‘lishiga va’da berdi. Har holda, o‘tgan yilgi to‘rt yadroli GPU'ga ega A14 Bionic chipi bilan taqqoslaganda, bu ta’kid o‘zini oqlamoqda. iPhone 13 Pro 6GB tezkor xotiraga ega.

To‘rt yadroli GPU bilan jihozlangan A15 qanday natija qayd etishi hozircha noma’lum, boisi hech kim hali iPhone 13 yoki 13 mini'ni sinovdan o‘tkazib ko‘rmadi. CPU natijalari ham hozircha noma’lum, lekin barcha ma’lumotlar tez orada ayon bo‘ladi.

O‘QING: Samsung'dan tub burilish: kompaniya o‘zining besh yillik an’anasini buzmoqchi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!