iPhone 13 Pro hamda 13 Pro Max uchun allaqachon «chaqadigan» narxlarda buyurtma olishyapti!

  •   DiMaX
  •  674
  •  09.06.2021 17:06

iPhone 13 Pro hamda 13 Pro Max uchun allaqachon «chaqadigan» narxlarda buyurtma olishyapti!

Esingizda bo‘lsa, Rossiyaning lyuks mahsulotlarga ixtisoslashgan Caviar brendi bultur Apple’ning o‘zdan ham avval iPhone 12 smartfonlarining maxsus versiyalarini taqdim etgan edi. Bular – iPhone 12 Pro Max Musk be on Mars, iPhone 12 Pro Musk be on Mars, iPhone 12 Pro Apple 1 Edition hamda iPhone 12 Pro Apple 1 Light Edition kabi modellar bo‘lgan.

O‘QING: iPhone 13 turkumidagi barcha to‘rtta smartfonning akkumulyator tok sig‘imi ma’lum bo‘ldi

Ushbu kompaniya bu yil ham shunday yo‘l tutdi: kupertinoliklar hali rasman e’lon qilmagan iPhone 13 Pro hamda 13 Pro Max modellarining premial versiyalari uchun oldindan buyurtma ochdi. Maxsus bezakli ayfonlarning narxlari bilan birga, ularning ayrim texnik xususiyatlari ham e’lon qilingan.

Caviar saytidagi ma’lumotga ko‘ra, iPhone 13 Pro yangilanish chastotasi 120 gers bo‘lgan, LTPO texnologiyasi bo‘yicha ishlangan displeyga ega. Uning akkumulyatori 4352 mA/soatlik, ekrandagi kemtik esa avvalgi modellardagiga nisbatan kichraytirilgan.

O‘QING: 2 000 dollarlik iPhone qimmat, deysizmi? 71 520 dollarligi chiqdi! (+video)

«Pure Gold» modifikatsiyali iPhone 13 Pro hamda uning Pro Max versiyalari orqa paneli 750-probali sof oltindan ishlangan va korpusiga brilliantlar ham qadalgan. Caviar ular uchun tegishlicha 42 230 hamda 42 770 dollarlik narx belgilagan.

Rossiya kompaniyasi kutilayotgan ushbu ayfonlarning yana bir nechta modifikatsiyalarini tayyorlagan bo‘lib, ularning xususiyatlari hamda narxlari bilan mana bu havola orqali Caviar saytida tanishish mumkin.

O‘QING: Qoraqalpog‘istonlik onaxonga o‘g‘li oltin iPhone X hadya etdi (+video)