iPhone 13 Pro ilk «jonli» suratlarda: Ligthning porti yo‘q!

  •   DiMaX
  •  1669
  •  04.08.2021 11:42

iPhone 13 Pro ilk «jonli» suratlarda: Ligthning porti yo‘q!

Kupertinolik gigantning o‘n uchinchi avlod smartfonlari turkumiga to‘rtta – iPhone 13 mini, iPhone 13, iPhone 13 Pro hamda iPhone 13 Pro Max modellari kirishi aytilmoqda. Mazkur ayfonlarning reliz sanasi va bozorga chiqish kunlari ham ma’lum bo‘lgan.

O‘QING: Apple yangi iPhone 13 seriyasiga Android tizimida ommalashgan funksiyani qo‘shmoqchi

Internetda endi korpus ranglari binafsharang va kulrang bo‘lgan ikkita iPhone 13 Pro smartfonining sifatli suratlari tarqaldi. Garchi bu rasmlar «jonli» olingan bo‘lsa-da, ularda aks etgan qurilmalar haqiqatan ham ayfonning o‘zi yoki aniq ishlangan maketimi – hozircha ma’lum emas. Shunday maketlar odatda qurilmalarning rasmiy taqdimotidan avval g‘ilof va boshqa aksessuarlar ishlab chiqaruvchilarga tarqatiladi va ayrim blogerlarning qo‘liga ham tushib qoladi.

Xullasi kalom, suratlarga ko‘ra, iPhone 13 Pro modelidagi asosiy syurpriz – ekran kemtigining kichraytirilgani emas, balki Ligthning portidan voz kechilganligi ekan!

Yuqoridagi va quyidagi ikkita rasmda aniq ko‘rinib turibdiki, ayfon korpusining pastki qirrasida, ilgari Ligthning porti bo‘lgan joyda ikkita magnitli kontakt joylashgan:

Apple o‘z smartfonlarida portlardan voz kechib, MagSafe magnitli quvvatlash texnologiyasiga o‘tishi haqida mish-mishlar anchadan beri yurardi. Lekin uning keyingi yilgi ayfonlarga joriy etilishi kutilayotgan edi.

O‘QING: Magnitli simsiz quvvatlantirgichli ilk Android-smartfon – Realme Flash suratlari tarqaldi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!