iPhone 13 Pro va Pro Max'larni kutayotganlar biroz sabr qilishlariga to‘g‘ri keladi

iPhone 13 Pro va Pro Max'larni kutayotganlar biroz sabr qilishlariga to‘g‘ri keladi

O‘tgan hafta seshanba kuni taqdim qilingan iPhone 13 seriyasiga oldindan buyurtmalar bir necha kun oldin qator davlatlarda boshlandi. Mazkur mintaqalar uchun iPhone'lar 24 sentyabrdan boshlab yetkazib berilishi kutilgan edi, ammo bu borada kechikishlar kuzatilishi ma’lum qilindi.

O‘QING: iPhone 13 Pro Geekbench'da o‘z kuchini ko‘rsatdi

GSMArena'ning 9to5Mac saytiga tayanib xabar berishicha, yangi iPhone'lar o‘z egalariga kelasi oydan — 6—11-oktyabrdan boshlab yetkazib beriladi.

Gold rangli, 256GB xotira konfiguratsiyasiga ega iPhone'lardan tashqari barcha iPhone 13 Pro Max'lar 6—11-oktyabrdan yetkazib berila boshlaydi. Lekin iPhone 13 Pro borasida vaziyat boshqacha. 128GB va 256GBlik Silver, Graphite, Gold va Sierra Blue hamda 512GBlik Gold va Sierra Blue iPhone'lar 24-sentyabrdan yetkazib beriladi.

Mazkur kechikish yangi iPhone'lar oldingi avloddan ko‘ra muvaffaqiyatli chiqqanini ko‘rsatmaydi. Shunchaki, dastlabki talabni ta’minlab berish uchun Apple'da zaxira yetarli bo‘lmagan bo‘lishi mumkin.

O‘QING: Kichikroq tirqish va yangicha asosiy kameraga ega Apple iPhone 13 va 13 mini'lar taqdim qilindi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!