iPhone 13 Pro’larning asosiy o‘ziga xosligi fosh bo‘ldi

  •   DiMaX
  •  1835
  •  13.11.2020 14:54

iPhone 13 Pro’larning asosiy o‘ziga xosligi fosh bo‘ldi

Apple o‘zining o‘n ikkinchi avlod ayfonlarini yaqindagina taqdim etgan, ulardan ikkitasi – iPhone 12 mini hamda iPhone 12 Pro Max modellari hali bugun – 13 noyabrdan savdoga chiqdi. Internetda esa allaqachon iPhone 13 turkumi haqida ma’lumotlar uchramoqda.

O‘QING: Allaqachon iPhone 13 hamda iPhone SE 3 xususiyatlari ham ma’lum bo‘ldi!

Janubiy Koreyaning The Elec nashri yozishicha, 2021 yili Apple o‘z smartfonlariga yangicha OLED-displeylar o‘rnatadi. Bu panellar LTPO texnologiyasiga ega; mazkur qisqartma past haroratli polikristallik oksidlarni anglatadi. Esingizda bo‘lsa, Samsung shunaqa ekranni taqdim etgan edi, lekin kupertinoliklar LTPO texnologiyali displey uchun LG Display kompaniyasiga buyurtma bermoqchi.

LTPO texnologiyasining asosiy afzalligi – energiya tejamkorligidir. Bunday panellar smartfonlarning avtonomligini oshirishga, shuningdek, yangilanish chastotasini 90 yoki 120 gersga chiqarganda ham avvalgi darajada saqlab qolishga yordam beradi. Bundan tashqari, ayfonlarga u Always on Display funksiyasini qo‘shish imkonini yaratadi.

Insayderlarga ko‘ra, LTPO texnologiyali ekranlar iPhone 13 turkumidagi ikkit smartfonda qo‘llanadi va ularning asosiy o‘ziga xosligi bo‘ladi. Aftidan, bu yerda gap iPhone 13 Pro hamda iPhone 13 Pro Max haqida ketyapti. Zero, odatda Pro-versiyalar standart ayfonlardan o‘zlarining yaxshilangan texnik jihtlari bilan ajralib turadi.

O‘QING: iPhone 12 mini: eng kichkina 5G-smartfonning katta nuqsoni topildi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!