iPhone 13 seriyasi smartfonlarining operatsion tizimida muammolar yuzaga kelmoqda

iPhone 13 seriyasi smartfonlarining operatsion tizimida muammolar yuzaga kelmoqda

Dasturiy ta’minotdagi muammolar sabab iPhone 13'larning displeyida pushti rang paydo bo‘lmoqda. Ayrim foydalanuvchilar Apple'ning kommentariya forumi va Reddit platformasida ushbu muammo haqida yozishmoqda. 

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu nosozlik faqatgina iPhone 13 seriyasidagi smartfonlarda yuzaga kelgan. 

Bir foydalanuvchining aytishicha, smartfondsgi GPS noto‘g‘ri ishlashni boshlagan. So‘ng ekran pushti rangga o‘zgarib qolgan. Boshqa bir foydalanuvchi esa smarfonning akkumulyatori nosoz ishlayotgani hamda ekranda pushti rang paydo bo‘lib qolganini aytdi. 

Apple smartfonlarning aparat ta’minotida hech qanday muammo yo‘qligini ta’kidlamoqda. Ushbu holatlarning aksariyati Xitoydagi iPhone 13 foydalanuvchilarda kuzatilmoqda. Apple esa Weibo'da foydalanuvchilarga dasturiy ta’minotni eng so‘nggisiga o‘tish kerakligini maslahat bermoqda. 

O‘QING: Apple bahorda katta taqdimot marosimini o‘tkazadi