iPhone 13 stilidagi kameraga ega eng arzon smartfon

iPhone 13 stilidagi kameraga ega eng arzon smartfon

Honor kompaniyasi o'tgan haftada o'zining yangi Play 30 5G smartfonini ortiqcha dabdabalarsiz taqdim qilgan edi. Qizig'i shundaki, mobil qurilmaning orqa tomonidagi kamera moduli o'tgan yili chiqarilgan iPhone 13 smartfonini eslatib yuboradi.

Honor Play 30 5G smartfoni 6.5 dyuymli, HD+, LCD displeyga ega bo'lib, ekran yuqori markazidagi tomchi shaklidagi tirqishda 5MP selfi kamera joylashgan. Orqa tomonidagi to'rtburchak modul esa diagonal joylashgan 13MP kamera va LED chiroqni o'z ichiga oladi.

Qurilma Snapdragon 480 Plus 5G chipsetida 4/8GB LPDDR4x operativ xotira bilan ishlaydi va u 128GB doimiy xotiraga ega, shuningdek, qo'shimcha xotira uchun microSD karta uyasi ham mavjud. Uning 5,000 mAh batareyasi esa 10W tezlikda USB-C porti orqali quvvatlanadi. Ta'kidlash joizki, smartfonda hozirgi kunda yo'qolib borayotgan 3.5 mm audio uyasi mavjud.

Play 30 telefoni Android 11 ga asoslangan Magic UI 5.0 o'rnatilgan holda qora, havorang, oltin rang va oq ranglarda keladi va u xususiyatlariga mos ravishda 1,099 yuan (~$162) narxda Xitoyda sotuvga chiqarilgan va unga hozir oldindan buyurtma berish mumkin.

O'QING: Honor Magic4 Lite'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz