iPhone 13 turkumidagi to‘rtta smartfon: ayrim xususiyat va suratlari

  •   DiMaX
  •  4156
  •  05.04.2021 12:59

iPhone 13 turkumidagi to‘rtta smartfon: ayrim xususiyat va suratlari

Apple korporatsiyasining o‘n ikkinchi avlod smartfonlari turkumiga to‘rtta model kirganidan xabaringiz bor. Bular – standart iPhone 12, undan ilg‘orroq iPhone 12 Pro, eng katta iPhone 12 Pro Max hamda eng ixcham iPhone 12 mini modellaridir. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, o‘n uchinchi avlod ayfonlarda ham shunday bo‘ladi.

O‘QING: iPhone 12’lar haqida o‘nta qiziqarli fakt

Slashleaks saytida iPhone 13 hamda iPhone 13 Pro smartfonlarining sifatli suratlarini e’lon qilishdi. Bular «jonli» rasmlar emas, balki sizib chiqqan chizmalar va insayderlik ma’lumotlari asosida ishlangan renderlardir.

Taniqli XDA Developers resursi muharriri Maks Vaynbax (Max Weinbach) avvalroq yozishicha, iPhone 13 Pro hamda 13 Pro Max modellari yangi jilosiz qora rangda ham chiqadi va u iPhone 12 Pro modelining grafit rangidan farq qiladi.

Apple mahsulotlariga doir aniq prognozlari bilan tanilgan TFI Securities tahlilchisi Min-Chi Kuo (Ming-Chi Kuo) o‘tgan hafta yangi ayfonlar kameralari haqida ma’lumot ulashgandi. Unga ko‘ra, iPhone 13 mini, iPhone 13 hamda iPhone 13 Pro modellarida keng burchakli ob’yektiv yettita plastik linzaga va F/1,6 diafragmaga ega. Eng yirik – iPhone 13 Pro Max modelining bosh kamerasida esa F/1,7 diafragmali keng burchakli ob’yektiv qo‘llanadi.

O‘QING: 108 MPlik Galaxy S21 Ultra hamda 12 MPlik iPhone 12 Pro Max kamera jangi (video)

iPhone 13 turkumi smartfonlarida korpusning metall romi yangicha turdagi qoplamaga ega. Ularga o‘rnatiladigan LTPO ekran esa kadr yangilanishining 1 dan to 120 gersgacha moslashuvchan chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi.

O‘n uchinchi avlod ayfonlar 2021 yilning eng kutilayotgan 10 smartfoni ro‘yxatiga kirgan. Apple A15 protsessoriga va naq 1 terabaytgacha doimiy xotiraga ega bo‘lgan bu ayfonlarni kompaniya sentyabrda namoyish etishi kutilmoqda.

O‘QING: iPhone egalarini Android-smartfonga o‘tishga undayotgan uchta asosiy sabab

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!