iPhone 13'lar qachon taqdim qilinishi aniq bo‘ldi

iPhone 13'lar qachon taqdim qilinishi aniq bo‘ldi

Wedbush bahor oyida barcha iPhone 13'lar masofani o‘lchash lazeriga, iPhone 13 Pro hamda iPhone 13 Pro Max 1TB doimiy xotiraga ega bo‘lishini ma’lum qilgandi.

O‘QING: Apple o‘zining arzonchi iPhone'nining yangilangan versiyasini taqdim etishni rejalamoqda

Keyinchalik TrendForce tahlilchilari ushbu ma’lumotni rad etib, faqatgina iPhone 13 Pro va iPhone 13 Pro Max masofani o‘lchash lazeriga ega bo‘lishi, shu bilan birga, ularning doimiy xotira hajmi 512GB dan oshmasligini e’lon qilgan edi.
Endi, Wedbush yangi ma’lumotlarga tayangan holda dastlabki ma’lumotlarning to‘g‘ri ekanligini ta’kidlamoqda.

Wedbush, shuningdek, yangi iPhone'larning taqdimot sanasi an’anaviy tarzda sentyabr oyining uchinchi haftasida bo‘lishi haqida ma’lumot berdi.

O‘QING: Apple yangi iPhone 13 seriyasiga Android tizimida ommalashgan funksiyani qo‘shmoqchi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.