iPhone 13’larda videolar uchun portret rejimi va ProRes paydo bo‘ladi

  •   DiMaX
  •  367
  •  12.08.2021 16:28

iPhone 13’larda videolar uchun portret rejimi va ProRes paydo bo‘ladi

Apple’ning sentyabr oyida taqdim etilishi kutilayotgan iPhone 13 lineykasi yangi opsiyalarga, xususan, kameraga bog‘liq qator yangiliklarga ega bo‘ladi. Bu xususda xorijiy nashrlarga tayanib Daryo sayti xabar bermoqda.

O‘QING: iPhone 13’larning rekordchi jihati aytildi: Apple ishqibozlari buni yillab kutishgan!

Bloomberg eksperti Mark Gurmanning hisoblashicha, Apple videoga portret rejimini qo‘shadi. Birinchi bor ushbu rejim 2015 yilda – iPhone 7 seriyasida paydo bo‘lgandi. Biroq undan faqatgina suratga olish ishlarida foydalaniladi.

Video uchun portret rejimi muqobil variantiga xos tarzda ishlaydi: chuqurlikni o‘lchash datchigi faqat ob’yektga fokus olib, fonning chaplanish effektini hosil qiladi.

Bundan tashqari, Apple kompaniyasi ProRes funksiyasini taqdim etadi. U ham videokontent uchun mo‘ljallangan. Ushbu funksiya foydalanuvchilarga yuqori sifatli formatdagi videolarni yozib olish va oson tahrirlash imkonini beradi. U iPhone 12 seriyasidagi ProRaw funksiyasini yodga soladi. Shunday ekan, ProRes yangi lineykadagi Pro modellar uchun eksklyuziv funksiyaga aylanishi istisno etilmaydi.

Shuningdek, Apple o‘z modellariga yangi fotofiltrlar va turli variantlar qo‘shishi kutilmoqda. Butun tasvirning bir qismiga – ma’lum bir ob’yekt yoki predmetga biror filtrni qo‘llash imkonini beradigan funksiya paydo bo‘lishi kerak.

O‘QING: iPhone 13 Pro ilk «jonli» suratlarda: Ligthning porti yo‘q!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!