iPhone 13’larning rekordchi jihati aytildi: Apple ishqibozlari buni yillab kutishgan!

  •   DiMaX
  •  2599
  •  09.08.2021 12:47

iPhone 13’larning rekordchi jihati aytildi: Apple ishqibozlari buni yillab kutishgan!

Apple’ning o‘n uchinchi avlod smartfonlari turkumiga to‘rtta – iPhone 13 mini, iPhone 13, iPhone 13 Pro hamda iPhone 13 Pro Max modellari kirishi aytilmoqda. Mazkur ayfonlarning reliz sanasi va bozorga chiqish kunlari ham ma’lum bo‘lgan. Yaqindagina esa...

O‘QING: iPhone 13 Pro ilk «jonli» suratlarda: Ligthning porti yo‘q!

O‘z manbalariga tayanib ZDNet portalining yozishicha, o‘n uchinchi avlod ayfonlardagi asosiy jihat takomillashgan kameralar ham, 120 gerslik displey ham, hattoki magnit kontaktli quvvatlash texnologiyasi ham emas. iPhone 13’larning aynan foydalanuvchilar uchun eng muhim tomoni – avtonom ishlash vaqtining oshirilganidir.

Xabarga ko‘ra, bu yil kutilayotgan «tishlangan olmali» smartfonlarning akkumulyatorlari tok sig‘imlari oshirilmoqda:

  • iPhone 13 hamda iPhone 13 Pro modellarida – 3095 mA/soatlik;
  • iPhone 13 mini smartfonida – 2406 mA/soatlik;
  • iPhone 13 Pro Max flagmanida esa 4352 mA/soatlik batareya qo‘llanadi.

To‘g‘ri, bular fantastik raqamlar emas, ammo A15 Bionic protsessorining quvvat tejamkorligi ham ayfonlarning avtonomligini oshirishda muhim o‘rin tutadi. Mazkur chipset akkumulyator quvvatini oldingi avlod – A14 protsessoriga nisbatan 15-20 foizga kam sarflaydi.

Shu tariqa, iPhone 13 turkumi vakillarining bitta quvvat bilan ishlash vaqti 30 foiz va hatto undan oshiqroqqa uzayadi va bu borada ular tarixdagi barcha ayfonlar orasida rekordchi bo‘lishadi. Bunda «katta» modellar – iPhone 13 Pro hamda iPhone 13 Pro Max avtonomligi ayniqsa katta farq bilan oshadi. Zero, bu ikki flagmanda kadr yangilanishining moslashuvchan chastotasini qo‘llab-quvvatlovchi LTPO-displeylar ham batareya quvvatini tejashga yordam beradi.

O‘QING: Smartfonni zaryadlashdagi eng keng tarqalgan bu xatolikni siz ham takrorlayapsizmi?