iPhone 13’larning taqdimot va sotuvga chiqish kunlari ma’lum bo‘ldi!

  •   DiMaX
  •  2543
  •  23.06.2021 11:32

iPhone 13’larning taqdimot va sotuvga chiqish kunlari ma’lum bo‘ldi!

Kupertinolik gigantning o‘n uchinchi avlod smartfonlari turkumiga to‘rtta – iPhone 13 mini, iPhone 13, iPhone 13 Pro hamda iPhone 13 Pro Max modellari kirishi aytilmoqda. Avvalroq ulardan har birining akkumulyatori tok sig‘imi ma’lum bo‘lgan edi. Yaqinda esa...

O‘QING: iPhone 13 turkumidagi barcha smartfonlarning xotira variantlari va narxlari bilan tanishing

Endi esa internet-insayder va tahlilchi Den Ayvs hatto mazkur smartfonlarning reliz sanasi va bozorga chiqish kunini ham aytdi. Unga ko‘ra, Apple bu yilgi ayfonlari anonsini 14 sentyabrga mo‘ljallamoqda. iPhone 13 turkumi vakillari uchun oldindan buyurtma olish 17 sentyabrdan boshlansa, ochiq savdoga ular 24 sentyabrdan chiqadi.

Garchi bu rasmiy ma’lumot bo‘lmasa-da, haqiqatga ancha yaqin. Zero, «tishlangan olmali» korporatsiya har yili yangi iPhone’lar namoyishiga bag‘ishlangan tadbirini odatda sentyabrning o‘rtasi yoki ikkinchi yarmida o‘tkazadi.

Darvoqe, iPhone 13 Pro hamda 13 Pro Max uchun allaqachon «chaqadigan» narxlarda buyurtma olishayotganidan xabaringiz bor-a?

O‘QING: To‘rtta rusumdagi iPhone 13’ni videoda har tomonlama ko‘rsatishdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!