iPhone 13'ning Face ID'si niqob va bug‘langan ko‘zoynaklar bilan ham ishlashi mumkin

iPhone 13'ning Face ID'si niqob va bug‘langan ko‘zoynaklar bilan ham ishlashi mumkin

Yangi xabarga ko‘ra, ayni damda Apple yangi iPhone 13 lineykasi uchun yangilangan va ingichkaroq Face ID qatori ustida ishlamoqda.

O‘QING: iPhone 12 tutayotgan bo‘lsangiz ham, baribir iPhone 13 olish uchun 5 sabab

Ishchilarga quyidagi rasmda ko‘rsatilgani kabi iPhone 12'ga ulanuvchi maxsus g‘ilof berilgan. G‘ilof tepasida keyingi avlod Face ID qatori joylashgan. Xodimning iPhone 12'siga ulangach, autentifikatsiya sifatida mana shu g‘ilof datchiklaridan foydalaniladi.

Mana shu yerda masala qiziq tus oladi. Aftidan, Apple yangi Face ID'ni xodimlari orasida katta masshtabda sinovdan o‘tkazmoqda. Bunda, tanlangan ishchilarga hali chiqmagan iPhone berish o‘rniga, ularga yuqoridagi maxsus g‘ilof berilyapti.

Apple ishchilardan yuzlarini iPhone 13 Face ID'si bilan odatdagidek usulda ro‘yxatdan o‘tkazishni, lekin smartfonni qulfdan chiqarishda niqob yoki ko‘zoynak taqib olishni so‘ramoqda. Ayonlashadiki, kompaniya tizimning niqob yoki ham niqob, ham ko‘zoynak bilan ishlashini xohlamoqda. Niqob bilan birga taqilganda ko‘zoynak odatda bug‘lanib qoladi.

Sinovlarning barchasi ham ko‘zoynak va/yoki niqob bilan o‘tkazilayotgani yo‘q. Jarayon ikkalasi taqilmagan yoki faqat bittasi taqilgan holda ham amalga oshirilmoqda. Aytilishicha, sinovlar juda mufassal o‘tmoqda. Ichki va tashqi muhitda har turli ko‘zoynak va niqoblar sinab ko‘rilmoqda.

Umid qilamizki, iPhone 13'lar niqob taqilgan payti Apple Watch yordamisiz yuzni taniy oladigan bo‘ladi. Albatta, Apple oldida yana bir muqobil — ekranosti barmoq izi skaneri ham bor, biroq xabar berganimizdek, bu usul sinab ko‘rilgan va undan voz kechilgan.

iPhone 13'ning Face ID qatoriga qaytsak, oldingi iPhone'larga qiyosan datchiklar o‘rni o‘zgargan bo‘lib, kamera endi chapda, karnay o‘rtada emas, tepada joylashadi. Bu yangi iPhone'lar tirqishi ingichkaroq bo‘lishini ta’minlaydi.

E’tibor bering, yuqoridagi suratlarda aks etgan maxsus g‘iloflar xodimlarga berilgan g‘iloflardan olingan ayni suratlar emas, balki haqiqiy suratlar asosida tayyorlangan renderlardir. Bunday qilishdan maqsad, suratni tarqatgan manbani oshkor qilmaslikdir, boisi ma’lumot sizdirilishining oldini olish uchun har bir haqiqiy g‘ilofga maxsus belgi qo‘yilgan.

O‘QING: iPhone 13’larning rekordchi jihati aytildi: Apple ishqibozlari buni yillab kutishgan!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!