iPhone 14 ekran himoya panellari suratlari

iPhone 14 ekran himoya panellari suratlari

Apple shu yilning sentyabr oyida yangi iPhone smartfonlari seriyasi, iPhone 14 qatorini taqdim qilishi kutilmoqda. Bo‘lajak iPhonelar haqida shu paytgacha ko‘plab ma’lumotlar internetda tarqatildi va quyidagi surat ularning yana bir bor tasdiqlaydi.

Twitter foydalanuvchisi Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘ida tarqatilgan iPhone 14 liniyasi uchun old ekran himoya panellari suratini ulashdi. Suratdan ko‘rish mumkinki, iPhone 14 seriyasi faqat to‘rt xil: iPhone 14, iPhone 14 Pro, iPhone 14 Max, iPhone 14 Pro Max modellaridan iborat bo‘lib, ularning Pro modellari ayfon smartfonlarida uzoq kutilgan o‘zgarish, old kamera va Face ID uchun yangicha dizayndagi, qolgan ikki model esa eski iPhone 13 dizaynidagi tirqishga ega bo‘ladi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, smartfonlarning oddiy modellari 6.1 dyuym, Max modellari esa 6.7 dyuym o‘lchamdagi OLED ekran bilan chiqarilishi taxmin qilinmoqda. Shuningdek, suratni ulashgan foydalanuvchining ta’kidlashicha, Pro modellari Max modellariga qaraganda ingichkaroq ramkada bo‘ladi.

Bundan avval iPhone 14 old kamerasida bo‘ladigan sezilarli darajadagi o‘zgarishlar haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi.

O‘QING: iPhone 14 old kamerasi yangilanadi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!