iPhone 14 hamda iPhone 14 Pro modellari turli xil chiplarga ega bo‘lishi aytilmoqda

iPhone 14 hamda iPhone 14 Pro modellari turli xil chiplarga ega bo‘lishi aytilmoqda

Apple kompaniyasi iPhone 14 seriyasiga turli xil chiplar o‘rnatish orqali o‘zing yangi smartfonlarini eng so‘nggi chip bilan jihozlash an’anasiga chek qo‘ymoqchi. 

Taniqli tahlilchi Ming-Chi Kuo bergan ma’lumotlarga ko‘ra, iPhone 14 Pro va 14 Pro Max modellari yangi A16 Bionic chipi, iPhone 14 va 14 Max esa hozirgi barcha iPhone 13 modellari kabi A15 Bionic chipi bilan jihozlanadi. 

Yana bir farq ularning tezkor xotirasida bo‘ladi. Ya’ni to‘rtala qurilma ham 6GB tezkor xotira bilan jihozlangan bo‘lsa-da, Pro modellar LPDDR5, oddiy modellar LPDDR4X xotirasiga ega bo‘ladi. 

Apple, shuningdek, displey o‘lchamlarini ikkiga ajratmoqchi. Aniqroq qilib aytganda, iPhone 14 va 14 Pro modellari 6.1 dyuymli, iPhone 14 Max va 14 Pro Max modellari esa 6.7 dyuymli displey bilan jihozlanadi. Yangi seriyada iPhone mini modeli bo‘lmaydi. Shuning uchun ikkinchi avlod iPhone 13 mini o‘z linyasining so‘nggi vakili bo‘lib qoladi. 

Kuo Apple nega faqat Pro modellarga A16 Bionic chipi o‘rnatilishi haqida hech qanday ma’lumot bermadi. Katta ehtimol bilan bunga bugungi kundagi chiplarning taqsiligi sabab bo‘lgandir. 

Albatta, hozirgi A15 Bionic bemalol boshqa chiplar bilan raqobatlasha oladi. Shuningdek uchun yangi iPhone modellarida unumdorlik bilan hech qanday muammo kuzatilmasa kerak. 

O‘QING: Ortga nazar: iPhone 6 - Apple haligacha foydalanadigan dizayndagi smartfon 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!