iPhone 14 liniyasi jonli suratlarda

iPhone 14 liniyasi jonli suratlarda

Apple'ning navbatdagi iPhone smartfonlari liniyasi haqida anchagina ma'lumotlar tarqalib ulgurdi, lekin bu hali hammasi emas. Twitter foydalanuvchisi ShrimpApplePro Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog'ida tarqatilgan iPhone 14 liniyasining alyuminiydan qilingan maketi jonli suratlarini taqdim qildi. Oldingi mish-mishlarda, yangi avlod iPhone qatorida Mini model bo'lmasligi aytilgan edi, bugungi surat esa bu xabarlarni to'liq tasdiqlaydi.

Rasmda biz faqat to'rtta iPhone 14 modelini ko'rishimiz mumkin: ikkita 6.7 dyuymli oddiy va Pro model, ikkita 6.1 dyuymli o'lchamdagi oddiy va Pro model. Yana bir o'tkazib yuborish qiyin bo'lgan narsa shuki, yangi smartfonning Pro modellari kamerasi tahlilchi Ming-Chi Kuo aytganidek, oldingi iPhone 13 Pro kamera modellaridan 25-35 foizga kattaroq bo'lib, ular 48 megapikselli sensorlar bilan kelishi mumkin.

Oddiy 14 modellari hali ham diagonal ikki kamera, ikkala 14 Pro modellari esa uchlik kamera bilan ta'minlangan. Shuningdek, Weibo foydalanuvchisini ham iPhone 14 Pro modellari old kamerasi yangicha dizaynda, Pro bo'lmagan modellarning esa eskicha tirqish dizaynida qolishini tasdiqlaydi.

O‘QING: Google'ning ilk smartsoati tez orada chiqariladi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.