iPhone 14 modellari uchun Apple asosan qaysi kompaniyalardan displey sotib olayotgani ma’lum bo‘ldi

iPhone 14 modellari uchun Apple asosan qaysi kompaniyalardan displey sotib olayotgani ma’lum bo‘ldi

Samsung OLED ekranlari bozorida asosiy dominant ishlab chiqaruvchi hisoblanadi. Apple kompaniyasi iPhone modellari uchun displeylarni asosan Samsung'dan sotib olmoqda. 

Yangi xabarlarga ko‘ra, Samsung iPhone 14 qurilmalari uchun OLED displeylarning 70% dan ortig‘ini yetkazib bermoqchi. Bu iPhone 14 va 14 Plus uchun oddiy OLED displey, shuningdek, iPhone 14 Pro va 14 Pro Max uchun LTPO OLED displeylarni o‘z ichiga oladi. 

Koreyaning TheElec nashrining ma’lum qilishicha, Apple iPhone 14 modellaridan 120 million dona ishlab chiqarmoqchi. Buning uchun kupertinolik kompaniya Samsung'dan kamida 80 million dona displey olishi kerak. Qolgan 20 million donani Apple LG kompaniyasidan, taxminan 6 million donani esa Xitoydagi yirik displey ishlab chiqaruvchi kompaniya - BOE'dan sotib oladi. Qolgan smartfonlarni displey bilan qaysi kompaniya ta’minlashiga aniqlik kiritilmagan. 

Ma’lumotlarda, shuningdek, Samsung hamda LG barcha iPhone 14 modellarini displey bilan ta’minlashi, BOE esa faqat iPhone 14 uchun 6.1 dyuymli LTPS OLED displeylari bilan ta’minlashi aytilgan. 

Yuqorida Samsung iPhone 14 qurilmalari uchun 80 million donadan displey yetkazib beradi deyildi. Ularning 60 milliondan ortig‘i Pro modellari uchun bo‘lishi kutmoqda. Xabar qilinishicha, LG displey ishlab chiqarish liniyasida muammolarga duch kelmoqda. Bu o‘z navbatida Samsung'ga yanada katta ulush olish imkonini beradi.

BOE kompaniyasi uchun iPhone 14 modelining yaxshi sotilmayotgani bosh og‘rig‘i bo‘lishi mumkin. Biroq Xitoylik kompaniya uchun Apple bilan maslahatlashmagan holda displey sxemasini o‘zgartirgani eng katta muammo bo‘lishi mumkin. Shundan so‘ng Apple xitoylik kompaniya bilan shartnomani qayta ko‘rib chiqish qaroriga kelgan. 

O‘QING: Oppo Reno9 seriyasidagi eng yuqori model: Reno9 Pro+ chiqarildi! 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!