iPhone 14 modellariga oldindan buyurtma berish boshlandi

iPhone 14 modellariga oldindan buyurtma berish boshlandi

Taqdimotdan bir necha kun o‘tib Apple kompaniyasi iPhone 14 modellariga oldindan buyurtmalarni qabul qilishni boshladi. 

Bu savdolarning birinchi to‘lqini hisoblanib, buyurtma berish mumkin bo‘lgan davlatlar sirasiga Avstraliya, Kanada, Xitoy, Fransiya, Germaniya, Hindiston, Italiya, Yaponiya, Singapur, Ispaniya, Tailand, BAA, Buyuk Britaniya, AQSh va 30 dan ortiq boshqa mamlakat va mintaqalar kiradi.

iPhone 14, 14 Pro va 14 Pro Max bir haftadan keyin 16 sentyabrdan, 14 Plus esa 7 oktabrda yetkazib berilishi kutilmoqda. Quyida to‘rtta iPhone'ning turli xil mamlakatlardagi narxlari ko‘rsatilgan. 

Skrinshot: GSMArena 

Malayziya, Turkiya va boshqa 20 mamlakat va mintaqalarda buyurtma berish 23 sentyabrda boshlanadi, jo‘natmalar esa bir haftadan keyin 30 sentyabrda yetib boradi.

O‘QING: AirPods'ingiz qalbakimi? iOS 16 sizni ogohlantiradi! 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.