iPhone 14 modellarining akkumulyator sig‘imi haqida ma’lumot berildi

iPhone 14 modellarining akkumulyator sig‘imi haqida ma’lumot berildi

iPhone 14 qurilmalarining dizayni o‘zgarishi haqida shu kungacha bir necha xabarlar yangradi. Ammo texnik tafsilotlar to‘grisida yetarlicha ma’lumot ochiqlanmayotgan edi.

Biroq yaqinda tarqalgan xabarlar smartfonlarning akkumulyator sig‘imi haqida ma’lumot bermoqda. 

Ishonchli insayder ShrimpApplePro bilan hamkorlikda e’lon qilingan Baidu posti barcha yangi iPhone 14 modellarining akkumulyator sig‘imi haqida ma’lumot bermoqda. Bu yangi avlod iPhone'larning akkumulyatoriga oid birinchi ma’lumot hisobladi. Unga ko‘ra, iPhone 14 Pro modelining akkumulyator sig‘imi kichraysa, qolgan modellarniki kattalashadi. 

iPhone 14 - 3279 mAs (iPhone 13 - 3,227 mAs)

iPhone 14 Max - 4325 mAs 

iPhone 14 Pro - 3200 mAs (iPhone 13 Pro - 3,095 mAs)

iPhone 14 Pro Max - 4323 mAs (iPhone 13 Pro Max - 4,352 mAs)

O‘QING: Xiaomi 12S seriyasi rasman qachon taqdim qilinishi ma’lum qilindi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!