iPhone 14 narxlari

iPhone 14 narxlari

Internetga Apple'ning yangi avlod iPhone smartfonlari haqida deyarli har kuni turli xil ma'lumotlar sizdirilmoqda va shular orasida bir nechta insayderlar tomonidan tasdiqlangan iPhone 14 narxlari ham tarqatib yuborildi.

iPhone 14 seriyasi to'rt xil: 6.1 dyuymli iPhone 14/Pro, 6.7 dyuymli iPhone 14 Max/Pro Max modellarida chiqarilishi va ko'rib turganingizdek, ular orasida Mini versiyasi bo'lmasligi allaqachon ma'lum bo'lgan edi. Shulardan faqat ikki Pro model - iPhone 14 Pro va iPhone 14 Pro Max kompaniyaning ikki tirqishli yangi dizayniga ega bo'lishi turli xil aniq chizilgan dizaynlar bilan bir necha marotaba tasdiqlandi. Shuningdek, smartfon 48MP kamera, ko'proq batareya hajmi va boshqa yuqori xususiyatlar bilan chiqarilishi kutilmoqda va mish-mishlarga ko'ra uning narxlari quyidagicha:

Apple iPhone 14 $800
Apple iPhone 14 Max $900
Apple iPhone 14 Pro $1,100
Apple iPhone 14 Pro Max $1,200

Narxlar bugungi kun sotuvidagi iPhone 13 seriyasinikiga qaraganda $100 qimmatligi yaqqol ko'rinib turibdi. Apple yangi iPhone 14 smartfonlarini kuzning ilk oyida taqdim qilishi kutilmoqda.

O'QING: iPhone 14 ekran himoya panellari suratlari

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!