iPhone 14 Pro: bu safar uning o‘lchamlari haqida

iPhone 14 Pro: bu safar uning o‘lchamlari haqida

Apple'ning yangi avlod iPhone 14 smartfonlari old tomonda yangi tirqish dizayniga ega bo‘lishi allaqachon barchaga ma’lum bo‘ldi. O‘tgan haftada 14 Pro modeli CAD renderlari tarqatilgan bo‘lsa, bu safar Twitter ijtimoiy tarmog‘ida iPhone 14 Pro va 14 Pro Max modellarining aniq o‘lchamlari ko‘rsatilgan sxematik renderlari chiqarildi.

Ushbu iPhone 14 Pro Max modelining o‘lchamlari ko‘rsatilgan surat ham uning old tomonida uchta sensor bo‘lishini ko‘rsatmoqda: ikkitasi oval tirqish ichida, bittasi esa yumaloq teshik ichida. Uning o‘lchamlariga keladigan bo‘lsak, smartfon eniga 77.58 mm, bo‘yiga esa 160.7 mm bo‘ladi. Qalinligi 7.85 mm, agar orqa kamerasi ham qo‘shilsa 12.02 mm, demak, orqa kamera qalinligi 4.17 mm qalinlikda bo‘ladi. Telefon orqa tomonining deyarli yarmini egallagan uchlik kamera eniga 36.73, bo‘yiga esa 38.21 millimeter o‘lchamda.

Bu esa yuqoridagi Pro Max modeldan biroz kichikroq bo‘lgan iPhone 14 Pro modeli o‘lchamlari ko‘rsatilgan surat. U eniga 71.45 mm, bo‘yiga 147.46 mm o‘lchamda, qalinligi esa Pro Max modeliniki bilan bir xil. Orqa kamera o‘lchamlari esa 36.71x38.24 mm. Ko‘rib turganingizdek, yangi iPhone 14 seriyasidagi smartfonlar avvalgi iPhone 13 seriyasidagilardan biroz kattaroq va qalinroq.

Apple Lab taxallusi ostida konsept dizaynlar yaratadigan ukrainalik dizayner, allaqachon iPhone 14 Pro o‘lchamlari va CAD dizaynlariga asoslangan yuqori sifatli render suratlarni ham taqdim qildi. Unga ko‘ra, 14 Pro orqa kamerasi oldingi iPhone 13 seriyasidagi modellardan kattaroq bo‘ladi.

iPhone 14 seriyasidagi smartfonlar shu yilning sentyabr oyida taqdim qilinishi kutilmoqda.

O‘QING: iPhone 14 Pro tillarang renderlari tarqatildi (video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!