iPhone 14 Pro CAD renderlari tarqatildi

iPhone 14 Pro CAD renderlari tarqatildi

Apple'ning navbatdagi iPhone 14 smartfonlari qatori hech bo‘lmaganda old tomonidan yangicha dizaynga ega bo‘lishi allaqachon turli xil mish-mishlardan ma’lum bo‘ldi. Xabarlarga ko‘ra, yangi avlod iPhone smartfonlari to‘liq qosh dizaynidan, kichik tabletka va yumaloq shakldagi dizaynga o‘zgaradi. 91mobiles tomonidan chiqarilgan quyidagi CAD render rasmlaridan esa iPhone 14 Pro'ning qanday dizaynda bo‘lishini yanada aniqroq ko‘rishimiz mumkin.

Suratdagi tabletka shaklidagi tirqishda Face ID sensorlari yumaloq shakldagi tirqishda esa 13 megapikselli old kamera joylashgan bo‘ladi. Orqa tomondagi yanada kattalashgan uchta 13 megapikselli kameralarni to‘rtburchak modul o‘z ichiga olib turganini hisobga olinmasa, smartfonning qolgan joylaridagi dizaynlari unchalik o‘zgarmagan.

Mish-mishlarga ko‘ra, iPhone 14 Pro avvalgi iPhone 13 Pro ranglarida va shuningdek, 6.1 dyuymli, 120Hz Promotion OLED displeyga ega bo‘ladi. Pro va Pro Max modellari A16 Bionic chipida 6 GB operativ xotira bilan kuz faslida chiqarilishi aytilgan.

O‘QING: iPhone 14 hamda iPhone 14 Pro modellari turli xil chiplarga ega bo‘lishi aytilmoqda

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!