iPhone 14 Pro iPhone 13 Pro'ga qarshi

iPhone 14 Pro iPhone 13 Pro'ga qarshi

Uzoq kutilgan iPhone 14 Pro sentyabr boshida taqdim qilindi va u hozirda allaqachon sotuvga chiqarilgan. Apple'ning ushbu yangi smartfoni o'zining avvalgisidan dizayn va texnik xususiyatlarda farq qiladi. Qanday o'zgarishlar mavjudligi bilan esa quyidagi tanishishingiz mumkin:

  iPhone 14 Pro iPhone 13 Pro
O'lchamlari

Bo'yiga: 147.5 mm
Eniga: 71.5 mm
Qalinligi: 7.85 mm

Bo'yiga: 146.7 mm
Eniga: 71.5 mm
Qalinligi: 7.65 mm

Og'irligi

206 gramm

204 gramm

Ekran

6.1 dyuym
Piksellar: 1179 x 2556
Yangilanish tezligi: 120 gerts
Super Retina XDR (OLED)
Maksimum yorqinligi: 2000 nits

Always-On Display xususiyatiga ega

6.1 dyuym
Piksellar: 1170 x 2532
Yangilanish tezligi: 120 gerts
Super Retina XDR (OLED)
Maksimum yorqinligi: 1200 nits

Suv, changga chidamliligi IP68 (maksimum 6 metr chuqurlikda 30 minutgacha) IP68 (maksimum 6 metr chuqurlikda 30 minutgacha)
Orqa kamera

Asosiysi: 48MP (ƒ/1,8)
Ultra-keng: 12MP (ƒ/2,2)
Telefoto: 12MP (ƒ/2,8)

TOF 3D LiDAR skaneri

Asosiysi: 12MP (ƒ/1,5)
Ultra-keng: 12MP (ƒ/1,8)
Telefoto: 12MP (ƒ/2,8)

TOF 3D LiDAR skaneri

Old kamera 12MP - ƒ/1,9 diafragma 12MP - ƒ/2,2 diafragma
Chip A16 Bionic A15 Bionic
Operativ xotira 6GB 6GB
Doimiy xotira 128/256/512GB, 1TB 128/256/512GB, 1TB
Batareya

3200 mA/s

3095 mA/s
Zaryadlanish

 30 daqiqada 50%

Simsiz:
MagSafe - 15 Vt
Qi - 7.5 Vt

30 daqiqada 50%

Simsiz:
MagSafe - 15 Vt
Qi - 7.5 Vt

Dasturiy ta'minot

iOS 16

iOS 15 (iOS 16'ga o'ta oladi)
Aloqa, tarmoq, ulanish

5G
Wi-Fi 6
Bluetooth 5.3

5G
Wi-Fi 6
Bluetooth 5.0
Ulanish porti

Lightning 

Lightning 
SIM-karta

Nano SIM-karta* yoki eSIM

Nano SIM-karta yoki eSIM
Qo'shimcha xususiyatlar

Face ID
NFC

Favqulodda holatlarda sun'iy yo'ldoshga ulanish

Avariyani aniqlash

Face ID
NFC
Mavjud emas *SIM-karta uyasi (faqat Amerika Qo'shma Shtatlarida ishlab chiqarilgan modellarda)
microSD karta uyasi
3.5 mm simli naushnik uyasi
microSD karta uyasi
3.5 mm simli naushnik uyasi

iPhone 14 Pro old ekranida muhim dizayn o'zgarishiga ega: smartfon selfi kamera va Face ID sensorlari uchun tabletka dori shaklidagi tirqish bilan chiqarilgan bo'lib, bu safar u shunchaki tirqish emas - u "dinamik orol" deb nomlanadi va u foydalanilayotgan ilovalar haqida qo'shimcha ma'lumotlar beradi. iPhone 13 Pro'ning "chelka"si esa hech qanday xususiyatlarga ega emas. Hozircha 1-0.

Displey borasida ham ayrim o'zgarishlar mavjud. Garchi smartfonlar bir xil o'lchamdagi Super Retina XDR (OLED) ekranga ega bo'lsalar ham, ularning yorug'ligi farqi bor. iPhone 14 Pro ekrani maksimum 2000 nits gacha yorqinlikka chiqa oladi. iPhone 13 Pro esa 1,200 nits gacha. Shuningdek, iPhone 14 Pro uzoq kutilgan Always-On Display xususiyatiga ham. 2-0.

Kameralarga keladigan bo'lsak, iPhone 14 Pro (48MP) megapiksellarda iPhone 13 Pro (12MP)dan 4 karra kuchliroq. Garchi megapiksellar soni tasvir sifatiga kelganda unchalik ahamiyatga ega bo'lmasa ham, yangi Pro smartfon avvalgisidan yaxshiroq suratga oladi. 3-0

Yangi smartfon, yangi chip bilan. iPhone 14 Pro modeli Apple'ning 4 nanometrli A16 Bionic chipiga ega. iPhone 13 Pro esa o'z davridagi 5 nanometrli A15 Bionic chipi bilan chiqarilgan edi. 4-0.

Batareya bo'yicha ham iPhone 14 Pro o'zining avvalgisini so'zsiz yenga oladi. Qurilma 3200 mA/s batareya jihozlangan. iPhone 13 Pro esa 3,095 mA/s batareya sig'imiga ega. 5-0.

Alohida ta'kidlash joizki, iPhone 14 Pro smartfonlari iPhone 13 Pro'larda mavjud bo'lmagan xususiyat, favqulodda holatlarda sun'iy yo'ldoshga ulanish va avariya holatlarini aniqlay olish xususiyatiga ham ega. 6-0?

Agar iPhone 13 Pro'ning yangi chiqqan iPhone 14 Pro'dan ustun jihati bo'lsa, bu uning biroz bo'lsada ixchamligi, ingichkaligi va hozirda sotib olish uchun arzonroqligi bo'lishi mumkin. Ha, mayli. 6-1.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, agar yangicha xususiyatlarga ega Pro modeldagi iPhone smartfoni sotib olmoqchi bo'lsangiz, iPhone 14 Pro sizga yoqishi aniq. Agar arzonroq narxdagi Pro iPhone kerak bo'lsa iPhone 13 Pro siz uchun yaxshi tanlov bo'la oladi.

O'QING: Apple oktyabrda yangi qurilmalarni taqdim qiladi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!