iPhone 14 Pro kamerasi smartfon orqasining yarmidan ko'pini egallaydi

iPhone 14 Pro kamerasi smartfon orqasining yarmidan ko'pini egallaydi

Internetda Apple'ning iPhone smartfonlari uchun himoya g'iloflari taqqoslangan surat tarqatildi. Garchi rasmdan bu 100% iPhone 14 liniyasidagi smartfonlar uchun keys ekanligi aytilmagan bo'lsa ham, to'rt xil model uchun chiqarilgan bu g'iloflarning kameralari o'lchamidan bu yangi avlod ayfoni uchun chiqarilganini anglash qiyin emas.

Rasmdan ko'rish mumkinki, chap tomonda joyalshgan ikki katta keyslar, albatta, Max modellari, ya'ni iPhone 14 Max va iPhone 14 Pro Max uchun, o'ng tomondagi ikki kichikroq o'lchamdagilari esa iPhone 14 va iPhone 14 Pro uchun chiqarilgan.

G'iloflardagi orqa kamera moduli uchun ajratilgan joylardan oddiy iPhone 14 modellari ikkilik kamera sensorlarini bilan, Pro modellar esa avvalgilariga o'xshab uchlik kamera sensorlari ta'minlanishini bilsa bo'ladi. iPhone 14 Pro modeli uchun chiqarilgan g'ilofda kamera uchun joyning smartfon orqa panelining yarmidan biroz ko'p joyini egallaganiga qaraganda, bu safargi iPhone kattaroq kamera blokiga ega bo'lashini bilish mumkin. Ta'kidlash joizki, yaqinda iPhone 14 liniyasidagi yuqori darajadagi modellar 48MP kamera sensori bilan chiqarilishi haqida mish-mishlar tarqatilgan edi.

O'QING: Honor 70 smartfonining birinchi rasmiy tizeri e’lon qilindi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.