iPhone 14 Pro konsept dizayni va u haqidagi barcha ma’lumotlar

iPhone 14 Pro konsept dizayni va u haqidagi barcha ma’lumotlar

O‘tgan yili iPhone 13 Pro o‘zidan avvalgisi bilan bir xil dizaynda chiqarildi, lekin Apple bu yil yangi avlod iPhone smartfonining hech bo‘lmaganda old dizaynini o‘zgacha qilishi barchaga allaqachon ma’lum bo‘lib bo‘ldi. Yaqinda bo‘lajak iPhone smartfoni old kamera va Face ID sensorlari joylashuvini aniq ko‘rsatib beradigan turli xil CAD renderlari va uning ma’lumotlari tarqatildi. Barcha xabarlarga asoslanib, Technizo Concept taxallusi bilan tanilgan grafik dizayner Parvez Xon, LetsGoDigital nashri bilan iPhone 14 Pro konsept dizayni renderlarini taqdim qildi.

Avval ham ma’lum qilinganidek, Apple bu safar iPhone smartfonlari keng qora tirqishlarini ikkita kichik tirqishlar bilan alishtiradi. Tabletka dori shakldagisida yuzni aniqlash texnologiyasi (Face ID) sensorlari bo‘lsa, yumaloq shakldagisida selfi kamerasi joylashgan bo‘ladi. Kupertinoliklar iPhone X smartfonidan beri, vaniyohat besh yildan keyin bu o‘zgarishni kiritishmoqda, lekin shunda ham iPhone 14 seriyasidagi barcha modellar bu yangicha ko‘rinishga ega bo‘lmaydi. Avvalgi keng qora tirqish dizayni iPhone 14 va 14 Max modellarida saqlanib qoladi, 14 Pro va 14 Pro Max esa yangicha dizaynni qabul qiladi.

Shuni ham aytish kerakki, Apple 2023-yili taqdim qiladigan iPhone 15 Pro smartfonlarini Face ID sensorlarini Samsung panel-osti texnologiyasi yordamida ekran ostiga yashirishi mumkin. Bunda iPhone yagona yumaloq kamera tirqishiga ega bo‘ladi.

Kupertinolik kompaniya o‘zining iPhone 13 seriyasidagi barcha smartfonlari uchun bir xil, A15 Bionic SoC chipidan foydalangan, ammo, bu safar kompaniya boshqa strategiyadan foydalanishi mumkin. Manbalarning xabar berishicha, faqatgina iPhone 14 Pro va 14 Pro Max modellarigina hali taqdim qilinmagan A16 chipi bilan ta’minlanishi mumkin. Pro bo‘lmagan modellarga esa avvalgi A15 chipidan qo‘yiladi.

Ekran o‘lchamlari haqida aytadigan bo‘lsak, 14 Pro yana 6.1 dyuymli 120Hz yangilanish tezligidagi OLED displeyga ega bo‘ladi. Shu bilan birga Pro Max modeli ham avvalgidek 6.7 dyuymda bo‘ladi. Kompaniya bu safar iPhone Mini taqdim qilmasligi, faqat iPhone 14, iPhone 14 Max, iPhone 14 Pro va iPhone 14 Pro Max modellarini chiqarishi mumkin.

Smartfonlar yana 6 GB opreativ xotira bilan chiqariladi. Shunda ham Apple Pro modellar uchun LPDDR5, Pro bo‘lmagan modellar uchun esa LPDDR4 xotiralaridan foylanishi aytilmoqda.

Garchi uchlik orqa kamera dizayni iPhone 14 seriyasida ham saqlab qolinsada, ularning ko‘rinishi yanada kattaroq, qalinroq bo‘ladi va shunga yarasha ular avvalgi ayfonnikidan ko‘ra 4 karra yaxshiroq, 48MP asosiy kamera sensoriga ega bo‘ladi degan mish-mishlar yo‘q emas.

Kapot ostida esa Apple iyun oyi boshida taqdim qilishi kutilayotgan iOS 16 operatsion tizimi bo‘ladi. Smartfon batareyasi oldingisiniki bilan bir xil, 3,095 mAh bo‘lishi aytilmoqda, lekin quvvatlanishda o‘zgarish bo‘ladi: bugungi kunda so‘nggi rusumdagi iPhone 20W tezlikda quvvatlansa, bo‘lajak iPhone 30W tezlikda quvvat oladi.

 

Apple odatda yangi iPhone smartfonlarini sentyabr oyi o‘rtalarida taqdim qiladi va bu an’ana katta ehtimol bilan 2022-yilda ham davom etadi degan umiddamiz.

O‘QING: WWDC 2022 tadbiri qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.