iPhone 14 Pro Max eng yaxshi displeyga ega smartfon deb topildi

iPhone 14 Pro Max eng yaxshi displeyga ega smartfon deb topildi

DxOMark ekspertlari iPhone 14 Pro Max displeyini turli xil holatlarda sinab ko'rishdi va Apple'ning yangi flagmani ularni hayratda qoldirdi. Smartfon turli xil parametrlarda o'zining avvalgisidan o'tib ketib, dunyodagi barcha smartfonlar ichida eng yaxshi displeyga ega deb topildi.

Ma'lum bo'lishicha, qurilma 6.7 dyuymli OLED ekranining 2000 nits yorug'ligi quyosh nurida ham yaxshi ko'rinishni ta'minlaydi. Qolaversa, smartfon matritsasi ham yaxshi rang bir xilligi bilan ta'minlaydi. Kam yorug'likda displey tarkibi biroz to'q sariq rangga ega bo'lsa, bino ichida rang sxemasi neytralroq bo'ladi. Garchi SDR video kontentini boshqarishda sezilarli yaxshilanishlar bo'lmasada, yangi flagman HDR10 kontentni yuqori kontrastli renderlashi bilan maqtana oladi.

Shu va boshqa natijalar bilan iPhone 14 Pro Max eng yuqori natija: 149 ball olgan va ekran bo'yicha DxOMark reytinggida eng yuqori o'rinni egallagan. Ta'kidlash joizki, reytingning keyingi o'rinlarini ham Apple smartfonlari tomonidan band qilingan. 

O'QING: iOS 16.0.2 versiyasi chiqarildi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!