iPhone 14 Pro Max jonli suratlarda qo'lga tushdi!

iPhone 14 Pro Max jonli suratlarda qo'lga tushdi!

Unbox Therapy nomli YouTube kanali muallifi o'zining yangi videosida mish-mishlarga asoslanib yig'ilgan yangi avlod iPhone smartfonining maketini ko'rsatdi. Bloggerning aytishicha, bu yaqinlashib kelayotgan smartfonning o'ta aniq nusxasi bo'lib, u Xitoydan keltirilgan.

iPhone 14 Pro Max ekanligi aytilayotgan maket, o'zining oldingisi, iPhone 13 Pro Max bilan solishtirilganida orqa tomondan deyarli bir xil ko'rinishda ekanligini ko'rish mumkin, faqatgina, yangi smartfon biroz kattalashgan uchlik kameraga ega.

Ikkala smartfon tashqi o'lchamlari ham bir qarashda farq qilmaydi. Biroq yangi avlod ayfoni biroz qalinroq.


14 Pro Max'dagi yagona sezilarli o'zgarishlardan biri uning old tarafi dizayni bo'lib, u avvalgi iPhone'lardagidek katta tirqishga ega emas, balki, yangicha tabletka dori va teshik shaklidagi Face ID va kamera sensorlari joylashuviga ega.

iPhone 14 qatoridagi smartfonlar kelayotgan sentabr oyida taqdim qilinishi kutilmoqda va bunda iPhone 14 Pro Max modeli $1.200 narxda bo'lishi mumkin.

O'QING: Galaxy Z Flip 4 sifatli renderlarda ko'rsatildi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.