iPhone 14 Pro Max uchun chiqariladigan g‘iloflar 13 Pro Max'ga mos keladimi?

iPhone 14 Pro Max uchun chiqariladigan g‘iloflar 13 Pro Max'ga mos keladimi?

iPhone 14 Pro Max uchun mo‘ljallangan g‘ilof iPhone 13 Pro Max 13 modeliga mos keladimi? Yaqinda internetda iPhone 14 Pro Max'ning g‘ilofini 13 Pro Max'ga o‘rnatilgan rasmi paydo bo‘ldi. 

Yuqoridagi rasm shuni ko‘rsatdiki, iPhone 13 Pro Max'ga nisbatan yangi modelning kamera linzalari kattaroq bo‘ladi. Linzalar hajmi kattalashgani sababli kamera moduli hajmi ham oshgan, ammo modul ko‘zga tashlanadigan darajada kattalashmagan.

Kamera linzalarining hajmining oshishining sababi oddiy. Apple bu yilgi Pro modellarining ultrakeng kamerasini takomillashtirishi mish-mishlarda aytilayotgan edi. Demak, yangi sensor eskisiga qaraganda kattaroq bo‘ladi. 

O‘tgan yili iPhone 13 Pro va 13 Pro Max modellariga bir xil kamerlar o‘rnatilgan edi. Agar bu yilgi kamera modulining hajmi yanada kattalashadigan bo‘lsa, bu kichik hajmli iPhone 14 Pro uchun qanchalik mos tushar ekan? Gorizontal holatda kamera moduli orqa panelning 50% dan oshiq qismini egallab turibdi. 

O‘QING: Yangi avlod iPhone'larining Pro modellari 100 dollarga qimmat bo‘ladi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.