iPhone 14 Pro modellari oddiy 14 modellariga qaraganda yaxshiroq displeyga ega bo‘ladi

iPhone 14 Pro modellari oddiy 14 modellariga qaraganda yaxshiroq displeyga ega bo‘ladi

Oddiy iPhone 14 modellari ProMotion (bu Apple'ning yuqori yangilanish chastotali displeylar uchun yaratgan marketing termini) displeylariga ega bo‘lmasligi ma’lum bo‘lagandi. Yaqinda The Elec nashri to‘rttala yangi iPhone 14 modellariga qanday displey o‘rnatilishi haqida ma’lumot berdi.

iPhone 14 (6.1 dyuym) va iPhone 14 Max (6.7 dyuym) smartfonlari Samsung M11 material to‘plami deb ataydigan LTPS displeyiga ega bo‘ladi. M-seriyali materiallar to‘plami Apple iPhone va Samsung'ning premium Galaxy smartfonlari uchun chiqarilgan.

iPhone 14 Pro (6.1 dyuym) va 14 Pro Max (6.7 dyuym) modellari ProMotion funksiyali LTPO paneli bilan jihozlanadi. Shuningdek, ular uchun yangi ishlab chiqilgan M12 materiallar to‘plamidan foydalaniladi.

Ma’lumot uchun, Galaxy S22+ va S22 Ultra modellari uchun M11, S22 modeli uchun esa eski M10 to‘plamidan foydalanilgan. Yaqinda taqdim etiladigan Galaxy Z Flip4 va Z Fold4 qurilmalari uchun yangi M12 materiallar to‘plamidan foydalaniladi.

Samsung barcha to‘rtta iPhone 14 modeli uchun displey panellarini yetkazib beradi. Xabarlarga ko‘ra, kompaniya 80 million panelga buyurtma olgan.

O‘QING: Apple o‘zini-o‘zi boshqara oladigan avtomobilni ishlab chiqarish jarayoniga jiddiy kirishmoqda 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!