iPhone 14 Pro "qoshi"ning aniq o‘lchamlari ma’lum bo‘ldi

iPhone 14 Pro

iPhone 14 smartfonlari dizaynida katta o‘zgarishlar bo‘lishi haqida juda ko‘p mish-mishlar bo‘ldi, ayniqsa uning "qosh" dizayni haqida.

Yangi avlod ayfonining hech bo‘lmaganda Pro va Pro Max modellarida albatta "qosh" ko‘rinishi boshqacha bo‘lishi kutilmoqda va qisqa muddat avval Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘iga joylangan post bu haqida aniqroq ma’lumot beradi. 

Yuqoridagi rasm Weibo foydalanuvchisi tomonidan joylashtirilgan va u iPhone 14 Pro yoki iPhone 14 Pro Max'ning batafsil sxemasini ko‘rsatishi aytilmoqda. Rasm kecha YouTuber Jon Prosser videosida ham chiqarilgan va Jon bu sxemaning haqiqiy ekanligini, buni mustaqil ravishda tekshirishga muvaffaq bo‘lganini aytgan. 

Avvalgi ma’lumotlarga tayanib tayyorlagan iPhone 14 renderlari bilan yuqoridagi sxematik surat birlashtirilganida kupertinoliklar iPhone 14 Pro va Pro Max modellarida ko‘pchilik o‘ylanganidan biroz kattaroq o‘lchamdagi tabletka dori shaklidagi va yumaloq shakldagi teshik qoldirishi ma’lum bo‘lgan. 

Ta’kidlash joizki, yangicha "qosh" dizayn faqat iPhone 14 Pro va Pro Max modellari uchun, barcha modellar uchun o‘zgarish 2023-yilda bo‘lishi kutilmoqda. 

O‘QING: Ular Apple qilolmagan ishni qilishdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!