iPhone 14 Pro smartfonlaridagi kamera muammosi keyingi hafta hal qilinadi

iPhone 14 Pro smartfonlaridagi kamera muammosi keyingi hafta hal qilinadi

Ijtimoiy tarmoqlarda iPhone 14 Pro va Pro Max modelidagi Apple smartfonlari Instagram, TikTok va Snapchat kabi uchinchi tomon ilovalaridan foydalanilayotganda qurilma kamera linzalari o‘zidan-o‘zida tebranishi va natijada tasvirga olib bo‘lmayotgani aks etgan videolar tarqalgan edi. The Verge nashrining Apple matbuot kotibi Aleks Kirshner bergan bayonotga asoslanib ma’lum qilishicha, kupertinoliklar "muammodan xabardor va tuzatish keyingi hafta chiqariladi".

Xatolik haqidagi xabarlar tarqalganida, muammo aynan nimada ekanligi noma’lum edi: ayrim foydalanuvchilar kameralar faqat uchinchi tomon ilovalaridan foydalanganda yaxshi ishlamayotganligi, Apple'ning kamera ilovasi esa to‘g‘ri ishlayotganini aytishgan. Biroq, Apple bergan bayonotga qaraganda nosozlik boshqa ilovalarda emas, balki, iPhone va uning API'larida bo‘lib, kompaniya xatolikni to‘g‘rilash uchun keyingi hafta dasturiy ta’minot yangilanishini chiqaradi.

O‘QING: Endi ko‘chirish navbati Xiaomi'ga keldi