iPhone 14 Pro tillarang renderlari tarqatildi (video)

iPhone 14 Pro tillarang renderlari tarqatildi (video)

Apple ilk marotaba iPhone X smartfonini noodatiy "qosh" dizayni bilan taqdim qilgan edi. Uzoq yillik kutishlardan so‘ng bu dizayn iPhone 14 smartfonlarida o‘zgarishi, uning o‘rnini tabletka va yumaloq shakldagi tirqishlar egallashi kundan-kunga aniq bo‘lib bormoqda. Kecha taniqli likster xleaks7 tomonidan iPhone 14 Pro modelining tillarangdagi tiniq renderlari Pigtou tomonidan tarqatildi.

Ushbu renderlar ham yangi avlod iPhone Pro modelida tabletka va yumaloq tirqish bo‘lishini tasdiqlaydi va avval ham aytilganidek uzunchoq tirqish Face ID sensorlari uchun, yumaloq teshik esa kamera uchun bo‘ladi. Ushbu yangilikdan tashqari boshqa hech narsa o‘zgarmagan, o‘sha-o‘sha uchlik orqa kameralar, old tomonida ingichka simmetrik ramka, o‘ng tomonida smartfonni yoqish tugmasi, chap tomonida ovoz balandligi tugmalari va uni o‘chirish tugmasi, shuningdek, sim karta uyasi, tag qismida esa lightning porti va karnay teshiklari joylashgan.

Apple iPhone 14 ProMish-mishlarga ko‘ra, Apple bu yili iPhone Mini modelidan tashqari to‘rtta: iPhone 14 (6.1 dyuym), iPhone 14 Max (6.7), iPhone 14 Pro (6.1) va iPhone 14 Pro Max (6.7) modellarini katta ehtimol bilan sentyabrda taqdim qiladi.

O‘QING: iPhone 14 Pro CAD renderlari tarqatildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!