iPhone 14 Pro turli xil ranglarda ko'rsatildi

iPhone 14 Pro turli xil ranglarda ko'rsatildi

Apple o'zining yangi avlod iPhone'larini qachon taqdim qilishini rasman ma'lum qildi, lekin internetda ular haqida ma'lumotlar sizdirilishi hali to'xtaganicha yo'q. Weibo ijtimoiy tarmog'ida iPhone 14 Pro modelining 5 xil rangdagi maketi jonli suratlarda taqdim qilindi.

Suratdan iPhone 14 Pro ikki xil yangi: to'q havorang va quyuq siyohrang variantlarda chiqarilishi bilib olish mumkin. Oq, qora va tillarang variantlari bizga allaqachon tanish. 

Shuningdek, suratlar bilan birga to'q siyohrang rangdagi iPhone 14 Pro maketi qisqa jonli videoda ham ko'rsatilgan.

Ko'rish mumkinki, iPhone 14 Pro sezilarli darajadagi katta orqa kameraga ega. Shuningdek, smartfonning ancha beri mish-mish qilib kelinayotgan yangicha dizayndagi old tomoni ham soniyalargagina ko'rsatilgan, biroq, "i" shaklidagi tirqishni yaqindan unchalik yaxshi ko'rinmagan. Qurilma ranggiga keladigan bo'lsak, maket plastikdan yasalgani uchun u yuqori darajadagi aniqlikda bo'lmasligi mumkin, ammo, ular biz bir necha haftadan keyin Apple'dan qanday rangdagi smartfonlar kutishimiz mumkinligi haqidagi umumiy ma'lumot beradi.

Aytish kerakki, Xitoy ijtimoiy tarmog'idan olingan ushbu ma'lumotlar oddiy, tasdiqlanmagan foydalanuvchilar tomonidan tarqatilayotgan bo'lib, siz yuqoridagi ma'lumotlar qanchalik ishonchli ekanligi haqida o'zingiz xulosa qilishingiz kerak.

O'QING: Samsung Galaxy Z Flip4'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!