iPhone 14 Pro va 14 Pro Max - yangiliklar yetarlicha

iPhone 14 Pro va 14 Pro Max - yangiliklar yetarlicha

Kecha iPhone 14 va iPhone 14 Plus modellaridan so‘ng Apple o‘zining eng asosiy iphy 14 Pro va 14 Pro Max modellarini taqdim etdi. Ikki model yangi kameralar, yangi tirqishli dizayni hamda yangi chipga ega bo‘ldi. 

Tashqi ko‘rinishdagi ko‘zga tashlanadigan o‘zgarish ekrandagi dori shaklidagi tirqish bo‘ldi. Bu eski “qoshdan“ ko‘ra kichikroq, aniqrog‘i, uning ichidagi kamerlar 30% kichraygan. Yaqinlik sensori ekran ostiga ko‘chirildi. Tirqishni Apple “dinamik orol“ deb nomladi. 

Endi xarita, musiqa va taymer kabi orqa fonda ishlayotgan ilovalar tirqish atrofidagi maydonda ko‘rinib turadi. Bunday imkoniyatga uchinchi tomon ilovalari ham ega bo‘ladi. 

Displey hajmi iPhone 14 Pro modelida 6.1 dyuym, Pro Max modelida esa 6.7 dyuymni tashkil qiladi. Maksimal yorqinlik 2000 nit, displey 1-120 gerts chastotalarga o‘tib ishlaydi. Always on Display nihoyat iPhone modellarida paydo bo‘ldi, ammo bu faqat yangi Pro modellar uchun. 

Orqa paneldagi asosiy kamerada “to‘rt pikselli“ sensor mavjud bo‘lib, u iPhone'lar uchun yangilik hisoblansa, Android smartfonlari uchun yangilik emas. Sensor 48 megapiksel rezolyusiyada bo‘lib, avtomatik ravishda smartfon 12 megapikselli suratlarni oladi.

Asosiy kamera 2x zum imkoniyatiga ega, bu o‘z navbatida ajoyib portret suratlarni olishda qo‘l keladi. 12MP ultrakeng kamera 1.4 mikron piksel kattaligiga ega. Bu yanada aniq suratlarni taqdim etish bilan bir qatorda makro imkoniyatilarini ham yaxshilaydi. 12MP telefoto kamera 3x optik zum hamda optik stabilizatsiyaga ega. 

A16 Bionic chipi ikki qurilmaning yuragi hisoblanadi. Chip olti yadroli protsessor bilan jihozlangan, ularning ikkitasi unumdorlik, to‘rttasi samaradorlik uchun iqtisoslashgan. Umuman olganda, A16 Bionic raqobatchilariga qaraganda 40% tezroq ishlaydi, uning ikkita yuqori samaradorlikla ega yadrosi A15 chipiga qaraganda 20% kamroq quvvat sarflaydi. Chipdagi 16 yadroli neyron dvigatel soniyasiga 17 trillion operatsiyani bajarishga qodir. 

Ikkala smartfonning qora, oq, siyohrang hamda oltin rangli turlari mavjud. Xotira hajmi esa 128/256/512GB, shuningdek 1TB bo‘ladi. iPhone 14 Pro modelining narxi 999 dollardan, iPhone 14 Pro Max'ning narxi esa 1099 dollardan boshlanadi. Smartfonlarga oldindan buyurtma berish 9 sentyabrdan boshlanadi. AQSh uchun chiqarilgan modellarda SIM-karta uyasi bo‘lmaydi. Ular faqat elektron SIM-kartani qo‘llab-quvvatlaydi. 

O‘QING: iPhone 14 va 14 Plus - nimalar o‘zgaradi? 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.