Qaysi biri chiroyli: iPhone 14 Pro yoxud Xiaomi 13?

Qaysi biri chiroyli: iPhone 14 Pro yoxud Xiaomi 13?

Xitoyning Xiaomi Group prezidenti va Redmi brendi bosh menejeri Lu Veybing o'zining Weibo ijtimoiy tarmog'idagi rasmiy sahifasiga iPhone 14 Pro va bir necha kun avval taqdim qilingan Xiaomi 13 smartfonlari solishtirilgan suratlarni joylashtirdi va obunachilaridan "Qaysi smartfon chiroyliroq?", deb so'radi.

Turli burchaklardan taqqoslangan ikkala smartfonlar ham o'ziga xos nafis va chiroyli dizaynga ega. Biroq, shunisi yaqqol ko'rinib turibdiki, Xiaomi 13 smartfoni ekrani iPhone 14 Pro modelinikiga qaraganda sezilarli darajadagi ingichka qora ramkaga ega. Shuningdek, Xiaomi 13 o'zining yumaloq teshikli selfi kamerasi bilan to'liqroq ekran taklif qila oladi.

Xo'sh sizningcha qaysi smartfon chiroyliroq? Javoblaringizni Telegram kanalimizdagi so'rovnoma orqali bildirishingiz mumkin.

Xiaomi 13 smartfonlari savdosi Xitoyda ertadan, 14-dekabrdan boshlanadi.

O'QING: Xiaomi 13 va 13 Pro smartfonlari taqdim etildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!