iPhone 14 Pro: zanglamas po‘lat o‘rniga titan!

  •   DiMaX
  •  1321
  •  28.07.2021 08:56

iPhone 14 Pro: zanglamas po‘lat o‘rniga titan!

Apple hali iPhone 13 turkumi smartfonlarini taqdim etganicha yo‘q, ammo internetda allaqachon iPhone 14 seriyasi haqida ma’lumotlar tarqalmoqda. Jumladan, biz avvalroq ularning ayrim xususiyatlari va iPhone 14 Pro Max modelining narxini e’lon qilganmiz.

O‘QING: iPhone 13 maketlari va g‘iloflari paydo bo‘ldi. G‘iloflar iPhone 12'larga tushmaydi!

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, iPhone 14 Pro versiyasini ishlab chiqarishda zanglamaydigan po‘lat o‘rniga titandan foydalaniladi. Bu haqda JP Morgan Chase xolding kompaniyasi investorlarining hisobotiga asoslanib ArsTechnica yozmoqda.

Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, bu 2022 yilda chiqariladigan iPhone dizaynidagi eng muhim o‘zgarish bo‘ladi.

Apple ilgari smartfonlar ishlab chiqarishda titandan foydalanmagan. Hozirgi iPhone 12 Pro modellarida zanglamaydigan po‘latdan ishlatilgan. Yangi material qirilishga, korroziyaga, egilishga ancha chidamli va shuningdek, po‘latdan yengilroq. Ta’kidlanishicha, bu yerda gap smartfonning metall qirralari haqida gap ketmoqda. MagSafe simsiz quvvat olish tizimini qo‘llash uchun smartfonning orqa qismi oynadan yasaladi.

O‘QING: «Xavfli sozlama»: smartfondagi bu funksiyani darhol o‘chirib qo‘ying!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!