iPhone 14 qatori kutilganidan ertaroq taqdim qilinishi mumkin

iPhone 14 qatori kutilganidan ertaroq taqdim qilinishi mumkin

Apple'ning yil boshidan beri mish-mish qilib kelinayotgan iPhone 14 smartfonlari qatori yaqin uch hafta ichida taqdim qilinishi mumkin. Bloomberg'dan Mark Gurmanning xabar qilishicha, kupertinolik kompaniya 7-sentabr, chorshanba kuni o'zining yangi mahsulotlarini taqdim qilish uchun katta tadbir o'tkazishni rejalashtirmoqda. Ma'lum bo'lishicha, bu safargi taqdimot ham avvalgilari singari onlayn bo'lib o'tadi.

Shubhasiz, taqdimotdan eng orziqib kutilayotgani iPhone 14 smartfonlari seriyasi bo'lib, Apple bu yili to'rt xil: iPhone 14, iPhone 14 Pro, iPhone 14 Max va iPhone 14 Pro Max modellarini taqdim qilishi mumkin. Yangi avlod ayfonlarining Pro modellari uzoq kutilgan o'zgarish, smartfon old tomonidagi qayta dizaynlangan selfi kamera va Face ID sensorlari tirqishiga ega bo'lishi ularning allaqachon tarqatib yuborilgan suratlaridan ma'lum bo'lgan edi. Ta'kidlanishicha, modellar yaxshilangan kamera, displey va yanada tezkor chip bilan 16-sentabrdan sotuvga chiqarilishi aytilmoqda.

Shuningdek, taqdimotda Apple yangi seriyadagi Watch aqlli soatlari, jumladan, yuqori sifatli, mustahkam himoyaga ega model va yangilangan SE modeli, shu bilan birga, yangi iPad va Airpods Pro qurilmalarini ham taqdim qilishi kutilmoqda.

O'QING: Adidas quyoshdan quvvat oladigan yangi qulqochinlarni taqdim qildi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!