iPhone 14 qatori kutilganidan kechroq chiqarilishi mumkin

iPhone 14 qatori kutilganidan kechroq chiqarilishi mumkin

Apple kompaniyasi o'zining yangi avlod iPhone smartfonlari chiqarilishini kechiktirishi mumkin. Ma'lum bo'lishicha, bunga Xitoy va Tayvan davlatlari o'rtasidagi siyosiy ziddiyat sabab bo'lmoqda. Agar "buni nima aloqasi bor?" deb o'ylayotgan bo'lsangiz o'qishda davom eting.  

Apple smartfonlari uchun chipsetlar Tayvanning TSMC kompaniyasida ishlab chiqariladi va ular Xitoyga, iPhone yig'iladigan eng katta zavodlarning biriga yetkazib beriladi. So'nggi xabalarga ko'ra, kompaniya o'zining tayvanlik ishlab chiqaruvchilariga yangi mahsulotlarni "Tayvanda ishlab chiqarilgan" deb yorliqlash o'rniga, "Tayvan, Xitoyda ishlab chiqarilgan" yoxud "Tayvan, Xitoy" yorliqlari bilan belgilashlari kerakligini eslatgan. Garchi Xitoyning bu siyosati ko'p yillardan beri olib borilayotgan bo'lsa ham, u o'tgan hafta AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga tashrifidan so'ng, AQSh va Xitoy o'rtasidagi ziddiyat kuchayganidan keyin majburiy tarzda amalga oshirila boshlandi. Shunday qilib, endilikda xitoyliklar "Tayvanda ishlab chiqarilgan" deb yozilgan yuklarni kechiktirishlari va hatto, rad etishlari mumkin.

Shu sabab, kupertinolik kompaniyaning sentabrda chiqarilishi kutilayotgan yangi iPhone 14 smartfonlari qatori kutilganidan kechroq chiqarilishi mumkin.

O'QING: Hech qanday Phone 1 Lite bo‘lmaydi