iPhone 14 qatorida Mini model saqlanib qolishi mumkin

iPhone 14 qatorida Mini model saqlanib qolishi mumkin

Shu kungacha iPhone 14 haqida tarqatilgan ma'lumotlarning deyarli barchasi ushbu seriyada Mini model bo'lmasligini, uning o'rniga to'rtinchi flagman model sifatida iPhone 14 Max chiqarilishini tasdiqlab kelayotgan edi. Biroq, so'nggi yangiliklar buning mutlaqo aksini ko'rsatmoqda.

91Mobiles'dan Evan Blassning xabar qilishicha, Apple'ning Osiyodagi katta riteylerlaridan biri kompaniya kelasi oyning yettinchi sanasida taqdim qilishi kutilayotgan yangi iPhone, iPad qurilmalarini sotishga tayyorlanmoqda va ular quyidagi modellarni o'z ichiga oladi:

iPhone'lar

  • iPhone 14
  • iPhone 14 mini
  • iPhone 14 Pro
  • iPhone 14 Pro Max

iPad'lar

  • iPad 10.2 (10-avlod)
  • iPad Pro 12.9 (6-avlod)
  • iPad Pro 11 (4-avlod)

Albatta, yangi avlod iPhone qatorida Mini modelning mavjudligi biroz ajablanarli, chunki shu kungacha uning o'rniga Max modeli bo'lishi chiqarilishi aytilayotgan edi.

Apple, yangi qurilmalar taqdimoti oldidan o'zining riteyleriga hech qanday reklama materiallarini tarqatmasligi bilan boshqa kompaniyalardan ajralib turadi. Aytish kerakki, deyarli barcha Android-brend kompaniyalari yangi mahsulot taqdimotidan haftalab oldindan reklama "urug'larini" hamma joyga tarqatishni boshlaydilar. Shunga qaramay, Apple riteylerlari uning ulgurji xaridorlaridir va shu sabab ular o'zlari sotib oladigan/sotadigan mahsulotlari haqidagi ma'lumotlarni yaxshi bilishadi. Qisqasi, ularga ishonish mumkin, lekin asl haqiqat taqdimotgacha sir bo'lib qoladi.

Aslida yangi iPhone'lar qatoridan Mini, ya'ni kichik o'lchamdagi modelning olib tashlanishiga, uning katta modellarga qaraganda kam sotilgani sabab qilib ko'rsatilayotgan edi. Ammo, Apple axiyri uni saqlab qoladigan ko'rinadi.

O'QING: Apple'ning taniqli musiqa qidirish xizmati, Shazam, o‘zining yigirma yilligini nishonlamoqda

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!